743
yaratish maqsadida markazlashtirilgan va markazlashtirilmagan
pul mablag’lari fondlarini
shakllantirish,
taqsimlash va ulardan
foydalanish jarayonida vujudga keladigan iqtisodiy munosabatlar
tizimi.
Moliya yili
-
birinchi yanvardan o’ttiz birinchi dekabr kuni
oxirigacha bo’lgan vaqtni o’z ichiga oluvchi davr.
Moliyaviy tizim
– davlat va korxonalar pul mablag’lari
fondlarini shakllantirish, taqsimlash va foydalanish shakllari va
metodlari tizimi.
Moliyaning funksiyalari
–
moliya mohiyatining amalda
namoyon bo’lishi. Uning taqsimlash va nazorat funktsilari mavjud.
Moliyaviy resurslar
– davlat va korxonalar pul mablag’lari
maqsadli fondlarining majmui. Ular o’sishining asosiy sharti milliy
daromadning ko’payishidir. Mamlakatning moliyaviy resurslari
Iqtisodiyot vazirligi tomonidan tuziladigan yig’ma
moliyaviy
balansda o’z ifodasini topadi. U o’z ichiga davlat byudjet tizimi,
hukumatning nobyudjet fondlari va turli mulkchilik shaklidagi
korxonalarning (amortizatsiya va ularning
ixtiyoriga qoladigan
foyda summasi) resurslarini qamrab oladi.
Moliyaviy apparat
– moliyaviy boshqaruvni amalga
oshiruvchi organlar. O‘zbekistonda ularning tarkibiga O‘zbekiston
Respublikasining Oliy majlisi va uning ikki (Senat va Qonunchilik)
palatalari, O‘zbekiston
Respublikasi Moliya vazirligi, Davlat soliq
qo’mitasi, Davlat bojxona qo’mitasi va ularning joylardagi quyi
organlari, turli mulkchilik shakllaridagi
korxonalarda moliyani
operativ boshqarish funksiyasini amalga oshiruvchi moliyaviy
bo’limlar va boshqarmalar va h.k.lar kiradi.
Dostları ilə paylaş: