T. Malikov O. Olimjonov moliya


Soliq to’lovchilarni hisobga olish (qayddan o’tkazish)



Yüklə 3,97 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə300/323
tarix30.09.2023
ölçüsü3,97 Mb.
#150845
1   ...   296   297   298   299   300   301   302   303   ...   323
Мoliya. Darslik. T.Malikov, O.Olimjonov. Toshkent-2019

Soliq to’lovchilarni hisobga olish (qayddan o’tkazish) 

ularni xo’jalik yurituvchi sub’yektning identifikatsiyalashuvini 
ta’minlaydigan soliq to’lovchining Davlat reestriga kiritish orqali 
amalga oshiriladi. Soliq to’lovchilar majburiy ravishda soliq 
organlarida hisobdan (qayddan) o’tishi shart. Bunda bank va 
boshqa kredit tashkilotlari soliq to’lovchilar tomonidan ularning 
soliq organlarida hisobdan (q
ayddan) o’tganligini tasdiqlovchi 
ma’lumotnomani taqdim etganlaridan so’nggina ularga hisob-kitob 
va boshqa hisob varaqlarini ochishi hamda belgilangan muddat 
ichida ularga (soliq to’lovchilarga) xabar berishi kerak. 
Ko’rsatilgan talablar bajarilmagan holda bank va boshqa kredit 
tashkilotlarining rahbarlari belgilangan tartibda ma’muriy jazoga 
tortiladilar. 


751 
Soliq asosi, negizi (bazasi) 
umumiy holda belgilangan 
soliqqa tortish davri mobaynida ma’lum hududdagi soliq 
to’lovchilar va soliqqa tortish ob’ektlarining yig’indisi. 
Soliq og’irligi (yuki, “zulmi”) 
- davlat va jamiyat hayotida 
soliqlarning rolini 
xarakterlab 
(ko’rsatib) beradigan eng 
umumlashgan ko’rsatkich. Ishlab chiqarishning umumiy hajmi va 
daromadlarda soliq ajratmalarining
salmog’ini (hissasini) 
ko’rsatuvchi, bozor iqtisodiyotining amalga oshirilayotgan 
modelidan kelib chiqadigan 
o’lcham. Soliq yig’imlarining jami 
milliy mahsulotga (yalpi ichki mahsulotga) nisbati bilan aniqlanadi. 
Soliq imtiyozi 
-
soliq to’lovchi soliq majburiyatlari hajmining 
to’liq yoki qisman qisqarishi, to’lov muddatining kechiktirilishi yoki 
orqaga surilishi. Soliqlarning
rag’batlantiruvchi funksiyasi soliq 
imtiyozlari tizimi orqali amalga oshiriladi. Soliq imtiyozi soliqqa 
tortish 
ob’yektining o’zgarishida, soliqqa tortish bazasining 
kamayishida (qisqarishida), soliq stavkalarining pasaytirilishida va 
boshqalarda o’z ifodasini topadi. Soliqqa tortilmaydigan ob’ekt 
minimumi,
alohida shaxslar va soliq to’lovchilarning ayrim 
toifalarini soliq to’lashdan ozod qilish, soliqqa tortish ob’yektidan 
ayrim elementlarni chiqarish, soliq stavkalarini pasaytirish, 
maqsadli soliq imtiyozlari, soliq kreditlari (soliqlarning undirilishini 
kechiktirish) va boshqalar soliq imtiyozla
rining ko’rinishlaridir 
(turlaridir). Masalan, korxonalar foydasidan olinadigan soliq 
bo’yicha imtiyozlar ishlab chiqarishni kengaytirish va uy-joy 
qurilishini rivojlantirish xarajatlarini moliyalashtirishni, 
tadbirkorlikning kichik shakllarini, nogironlar va pensionerlarning 
bandligini ta’minlashni, ijtimoiy-madaniy va tabiatni muhofaza 
qilish sohalarini rag’batlantirishga qaratilgandir. Individual 
xarakterga ega bo’lgan soliq imtiyozlarini berish, odatda, 
ta’qiqlanishi kerak. 

Yüklə 3,97 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   296   297   298   299   300   301   302   303   ...   323




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin