T. Malikov O. Olimjonov moliya



Yüklə 3,97 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə302/323
tarix30.09.2023
ölçüsü3,97 Mb.
#150845
1   ...   298   299   300   301   302   303   304   305   ...   323
Мoliya. Darslik. T.Malikov, O.Olimjonov. Toshkent-2019

Soliq qonunchiligi 
- davlatda soliqlarning turi, ularni 
undirish mexanizmi va soliq majburiyatlarining vujudga kelishi, 
o’zgarishi va to’xtashini tartibga solib turuvchi yuridik me’yorlar 
yig’indisi; moliyaviy huquq instituti. Soliq huquqi davlatning 
ijtimoiy-iqtisodiy tuzilishi (qurilishi), uning vazifa va funksiyalari 
bilan belgilanadi. 
Soliq badallari (to’lovlari) 
– soliq qonunchiligi bo’yicha 
belgilangan tartibda va mu
ddatda soliq to’lovchilar tomonidan 
to’lanadigan, hisoblangan yoki qat’iylashtirilgan summalar. Ularni 
hisoblash tartibi har bir soliq turi bo’yicha qonunga binoan 
aniqlanadi. 
Soliq tushumlari 
– Moliya vazirligi tomonidan tasdiqlangan 
byudjet daromadlari va xarajatlari klassifikatsiyasining daromadlar 
qismidagi har bir soliq va boshqa majburiy to’lovlarga 
mo’ljallangan qism, band, kod va moddaga muvofiq vakolatli 
banklarning hisob-kitob schyotiga yoziladigan, hisoblangan va 


753 
haqiqatda kelib 
tushgan soliq badallari (to’lovlari) va moliyaviy 
sanktsiyalar. 
Soliq hisob-kitoblari 
– yuridik shaxslar tomonidan qonunda 
ko’zda tutilgan muddatlarda buxgalteriya hisoboti bilan birgalikda 
soliq organlariga taqdim etilib, o’zida ma’lum hisobot davri 
moba
ynida to’lanishi lozim bo’lgan hisoblangan to’lovlar 
summasini aks ettiradi. Soliq summalarini hisoblash tartibi soliq 
qonunchiligiga ko’ra har bir soliq turi bo’yicha alohida-alohida 
belgilanadi. 
Soliq bitimlari 
- bir mamlakat yuridik va jismoniy 
shaxslarining ikkinchi mamlakatda olgan daromadlari ayrim 
turlarini va boshqa mamlakatning hududida joylashgan shu 
shaxslarning mol-mulkini soliqqa tortish huquqini har bir 
mamlakatga biriktirishga mo’ljallangan mamlakatlar o’rtasidagi 
o’zaro soliq munosabatlarini tartibga solishga yo’naltirilgan yuridik 
hujjat. Amaliyotda soliq bitimlarining ikki turi uchraydi: 1) maxsus 
(cheklangan) soliq bitimlari 
– ular cheklangan xarakterdagi 
masalalarni (xalqaro yuk tashish, bojxona to’lovlari, imtiyozli soliq 
rejimi va shu kabilar; 2) umumiy soliq bitimlari. Soliq bitimlari 
imzolanayotganda davlatlar quyidagi asosiy vazifalarni yechishga 
harakat qiladilar: ikki marta soliqqa tortishga barham berish 
sxemasini aniqlash 
– o’zaro kelishayotgan davlatlar uchun faqat u 
yoki bu daromaddan soliq undirish huquqi biriktiriladi; har ikkala 
davlatda soliqqa tortish huquqi saqlanib qolganda ham ikki marta 
soliqqa tortish mexanizmiga barham berish; soliq to’lovchini 
boshqa mamlakatlarda diskriminatsion tarzda soliqqa tortilishidan 
himoya qi
lish; soliqqa tortishdan bo’yin tovlashni aniqlash va 
konventsiyani bajarish maqsadida o’zaro informatsiya almashish. 
Bunda quyidagi to’rt guruh masalalar ko’rib chiqiladi: 
konventsiyaning qo’llanish doirasi; soliqlarni davlatlar o’rtasida 
taqsimlash; ikki marta soliqqa tortishga barham berish; harakat 
qilish qoidalari. Shu bitim bo’yicha tartibga solib turiladigan 
soliqlarning turlari va shaxslarning (yuridik va jismoniy) ro’yxati 
ham aniqlanadi. 

Yüklə 3,97 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   298   299   300   301   302   303   304   305   ...   323




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin