752
Soliq tizimi
-
mamlakat doirasida (hududida) to’lovchilardan
(yuridik va jismoniy shaxslardan) belgilangan
tartibda olinadigan
soliqlar, yig’imlar va boshqa to’lovlar hamda ular tarkibiy
tuzilishining shakl va uslublari yig’indisi.
Soliq yurisdiktsiyasi
- davlat
soliq organlarining huquqiy
masalalarni va soliq huquqbuzarligi to’g’risidagi ishlarni hal qilish
bo’yicha qonunga binoan (yoki boshqa me’yoriy hujjatga ko’ra)
belgilangan vakolatlari yig’indisi. Bu vakolatlar ikki me’zon
bo’yicha aniqlanadi: 1)rezidentlik; 2) hududiylik. Bular, o’z
navbatida soliqqa tortiladigan daromadlarning tarkibini aniqlab
beradi. Barcha mamlakatlarda bu me’zonlarni qo’llashda
yagonalik bo’lmaganligi uchun
ikki marta soliqqa tortish
muammosi vujudga keladi.
Me’zonlarni tanlash har bir
mamlakatning milliy manfaatlari bilan bog’liqdir. Ayrim
mamlakatlar amaliyotida bu me’zonlarni
turli variantlarda
kombinatsiya qilib qo’llash keng tarqalgan. Masalan, AQSh va
Buyuk Britaniyada asos sifatida rezidentlik me’zoni olinsa-da, u
mamlakatlarning aniq manfaatlariga bog’liq
ravishda hududiylik
mezoni bilan to’ldirilgan. Lotin Amerikasi mamlakatlarida esa
soliq yurisdiktsiyasi ustuvorlik bilan hududiylik me’zonini qo’llash
orqali amalga oshiriladi. Bu tartib Fransiya,
Shveytsariya va
boshqa mamlakatlarning soliq amaliyotida ham muhim ahamiyat
kasb etgan.
Dostları ilə paylaş: