749
3) qonun hujjatlariga muvofiq meros olish, hadya etish huquqi
bo’yicha davlat mulkiga o’tgan pul mablag’lari; 4) yuridik va
jismoniy
shaxslardan, shuningdek chet el davlatlaridan kelgan
qaytarilmaydigan pul tushumlari; 5) rezident-yuridik shaxslarga va
chet el davlatlariga berilgan byudjet ssudalarini qaytarish hisobiga
berilgan to’lovlar; 6) qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa
daromadlardan iborat.
Respublika byudjetining xarajatlari
– o’z tarkibiga 1)
respublika byudjetidan moliyalashtiriladigan byudjet mablag’i
oluvchilarning
joriy xarajatlari; 2) joriy byudjet transfertlari; 3)
kapital xarajatlar (asosiy fondlar va vositalarni (ular bilan bog’liq
ishlar va xizmatlar ham shular jumlasiga kiradi) davlat ehtiyojlari
uchun olish va takror ishlab chiqarish, chet elda davlat ehtiyojlari
uchun er va boshqa mol-mulk olish, davlat ehtiyojlari uchun erga
bo’lgan huquqni va boshqa nomoddiy aktivlarni olish, davlat
zahiralarini vujudga keltirish xarajatlari); 4) kapital xarajatlarni
qoplash uchun yuridik shaxslarga beriladigan byudjet transfertlari;
5)
Qoraqalpog’iston
Respublikasi
byudjeti
va
mahalliy
byudjetlarga byudjet dotatsiyalari,
byudjet subventsiyalari va
byudjet ssudalari; 6) rezident-yuridik shaxslarga va chet el
davlatlariga beriladigan byudjet ssudalari; 8)
davlat maqsadli
jamg’armalariga beriladigan byudjet dotatsiyalari va byudjet
ssudalari; 9) qonun hujjatlarida ta’qiqlanmagan boshqa
xarajatlarni oladi.
Dostları ilə paylaş: