T. Malikov O. Olimjonov moliya



Yüklə 3,97 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə296/323
tarix30.09.2023
ölçüsü3,97 Mb.
#150845
1   ...   292   293   294   295   296   297   298   299   ...   323
Мoliya. Darslik. T.Malikov, O.Olimjonov. Toshkent-2019

Ortiqcha to’lovlar 
– to’lovning byudjetga tushgan ortiqcha 
summasi. Odatda soliq to’lovchining boshqa to’lovlar bo’yicha 
mavjud bo’lgan boqimandalarini uzish uchun hisobga olinadi va 
bu to’g’rida unga ma’lum qilinadi yoki soliq organining qarori 
nusxasi va bankning tegishli ko’chirmasi asosida soliq to’lovchiga 
qaytariladi. Boshqa to’lovlar bo’yicha boqimandalari bo’lmagan 
holda korxonaning ortiqcha to’lovlari summasi uning yozma 
arizasiga ko’ra to’lov muddati etib kelmagan to’lovlarni to’lashga 
yo’naltirilishi yoki uning o’ziga qaytarilishi mumkin. Ortiqcha 
to’lovlarning qaytarilishi soliq organlari tomonidan byudjet 
hisobidan amalga oshiriladi. 

 
Patent 

ma’lum bir huquq yoki imtiyoz beruvchi hujjat. 
Masalan, savdo yoki hunarmandchilik bilan shug’ullanish huquqi. 
Amaldagi soliq qonunchiligiga muvofiq doimiy savdo nuqtalarida 
(joylarida) savdoni amalga oshiruvchi yuridik va jismoniy shaxslar 
savdo 
qilish huquqiga ega bo’lish uchun vaqtinchalik patentni 
sotib oladilar. Patentda uning berilish muddati (patent amal 


747 
qiladigan davr), savdo amalga oshiriladigan mahsulotlar guruhi va 
savdo qilish joyi o’z aksini topgan bo’lishi lozim. 
Parij klubi 
– dunyoning asosiy (bosh) kreditor-davlatlari 
guruhi. Agar biror-
bir qarzdor mamlakat o’z to’lov balansini 
balanslashtirishda qiyinchilikka duch kelib, XVF yordamida o’z 
iqtisodiyotini sog’lomlashtirish dasturini amalga oshirishga 
kirishsa, 
Parij 
klubi 
qarzdor 
mamlakatning 
moliyaviy 
muammolarini hal etishda o’z hissasini qo’shadi. Buning uchun 
hamkorlikda o’sha mamlakat bilan (birgalikda) bitim ishlab 
chiqiladi. Unga ko’ra, uning tashqi qarzlarini qaytarish muddatlari 
uzaytiriladi. Masalan, Rossiya Parij klubi davlatlariga qarzining 
hajmi 40 mlrd. AQSh dollariga teng bo’lgan bir paytda, 1996 yil 
aprelining oxirida Parijda Rossiyaning Parij klubi kreditorlariga 
bo’lgan qarzini uzoq muddatli restrukturizatsiya qilish to’g’risida 
bitim imzolandi. Unga muvofiq ravishda Rossiya tomonidan 
qarzning qaytarilishi 2002 yildan boshlanishi va 2020 yilga kelib 
tugashi kerak. Bu narsa iqtisodiy krizisdan chiqqandan
iqtisodiyotda real o’sish sodir bo’lgandan so’ng Rossiyaga Parij 
klubi kreditorlarining tashqi qarzlarini qaytarishga kirishishga 
imkon beradi. 
Penya 
– fuqarolik huquqida jazo choralari (jarima)ning 
ko’rinishlaridan biri, qonun yoki shartnomaga muvofiq to’lovlar 
muddatini buzganlik uchun undiriladigan moliyaviy jazoning 
shakli. Uning miqdori qonunga 
ko’ra to’lovning har bir 
kechiktirilgan kuni uchun to’lanishi lozim bo’lgan summaga 
nisbatan foizda belgilanadi. Korxona tomonidan to’langan penya 
summasi noishlab chiqarish xarajatlarining tarkibiga kiritiladi. 
Pensiya 
– qarilik, nogironlik, xizmat qilgan yillari uchun va 
boquvchisini yuqotganda fuqarolarni moddiy jihatdan ta’minlash 
uchun pul summalarining kafolatlangan har oylik to’lovi. Uning 
quyidagi turlari bo’lishi mumkin: qarilik pensiyasi; nogironlik 
pensiyasi, xizmat qilgan yillari uchun pensiya; boquvchisini 
yuqotganligi uchun pensiya; sotsial pensiya. 

Yüklə 3,97 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   292   293   294   295   296   297   298   299   ...   323




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin