746
Obligatsiya
– foiz shaklida daromad
keltiruvchi qimmatli
qog’oz. Davlat organlari tomonidan byudjet defitsitini qoplash
uchun va aktsionerlik jamiyatlari tomonidan kapitalni jalb qilish
maqsadida chiqariladi. Aktsiyadan farqli o’laroq obligatsiyada uni
qaytarish (uzish) muddati ko’rsatiladi.
Oborot solig’i
- ishlab chiqarishning yakuniy bosqichida
xalq iste’moli uchun ishlab chiqarilgan mahsulotlarning qiymatidan
olinadigan soliq turi. Asosan, uch xil metod bo’yicha aniqlanadi: 1)
chakan
a baho (savdo va ta’minot ustamalari chegirilgan) va
korxona ulgurji bahosi o’rtasidagi farq; 2)
chakana baholardagi
(savdo ustamalari chegirilgan) tovar oborotga nisbatan foizda; 3)
mahsulot birligiga nisbatan absolyut pul summalarida. Barcha
mahsulotlardan olinmasdan, balki texnologik
zanjirning oxiridagi
mahsulotdan olinadi (masalan, cho’yan rudasidan emas, balki
muzlatgich, avtomobildan olinadi). Hozirgi paytda Buyuk
Britaniya,
Fransiya, Germaniya, Rossiya, O‘zbekiston kabi
mamlakatlarda bu soliqdan qo
’shilgan qiymat solig’iga o’tilgan
bo’lsa, AQShda uning o’rniga sotuvdan olinadigan soliq joriy
etilgan.
Dostları ilə paylaş: