750
Regressiv soliqqa tortish
– soliq asosi (bazasi)ning o’sib
borishi bilan soliq stavkasining pasayishini taqoza etadi. Soliq
undirish og’irligi daromadga teskari prorportsionaldir: daromad
qancha kam bo’lsa, soliq to’lovchi uchun soliqning og’irligi
shuncha og’irdir. Hozirgi paytda qo’shilgan qiymat solig’ining joriy
etilishi bilan egri (bilvosita) soliqlarning
regressivligi kuchayib
bormoqda.
Rezidentlar
– kalendar yilida mamlakatda 183 kundan kam
bo’lmagan muddatda yashagan, O‘zbekistonda doimiy yashash
joyiga ega bo’lgan va bo’lmagan soliq to’lovchilardan iborat. Shu
mamlakatning rezidentlarining daromadlari (shu
mamlakat
hududida va undan tashqarida olinganlari ham) shu mamlakatda
soliqqa tortilishi shart.
S
Soliqlar
– qonunda belgilangan tartibdagi stavka bo’yicha
xo’jalik yurituvchi sub’yektlardan va fuqarolardan davlat
tomonidan davlat yoki mahalliy byudjetga
olinadigan majburiy
to’lovlar. Soliq, yig’im, boj va boshqa to’lovlar deyilganda qonuniy
aktlar asosida belgilangan tartibda va shartlarda to’lovchilar
tomonidan tegishli darajadagi byudjetlarga yoki byudjetdan
tashqari fondlarga majburiy badallarning to’lanishi tushuniladi.
Belgilangan tartibda
olinadigan
soliqlar, yig’imlar, bojlar va
boshqa to’lovlarning yig’indisi soliq tizimini tashkil etadi.
Dostları ilə paylaş: