T. Malikov O. Olimjonov moliya



Yüklə 3,97 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə71/323
tarix30.09.2023
ölçüsü3,97 Mb.
#150845
1   ...   67   68   69   70   71   72   73   74   ...   323
Мoliya. Darslik. T.Malikov, O.Olimjonov. Toshkent-2019


а 
= (1/m) x 100% 
 
Bu yerda: 

а 
- amortizatsiya qilinayotgan mol-mulk 
ob’yektining boshlang’ich (tiklash) qiymatiga 
nisbatan amortizatsiya normasi (foizda); 

- amortizatsiya qilinayotgan mol-mulk shu 
ob’yektining foydali foydalanish 
muddati (oyda). 
Nochiziqli metod asosida amortizatsiya normasini hi-soblash 
quyidagicha amalga oshiriladi: 

а
= (2/m) x 100% 
 
Bu yerda: 2 
– tezlashtirish koeffitsienti. 
Asosiy kapitalning doiraviy aylanish jarayonida vujudga 
keladigan o’z moliyaviy resurslarining tarkibiga, amortizatsiya 
fondidan tashqari, yana quyidagi daromadlar va turli tushilmalar 
ham kiradi: 

foyda, shuningdek, moliyaviy operatsiyalar va boshqa 
tashkilotlarda aktsiyador sifatida ishtirok etishdan olina-digan 
daromadlarni ham qo’shib hisoblaganda tadbirkorlik faoliyatidan 
kelib tushuvchi pul 
mablag’lari; 

mulkni 
samarali 
boshqarish 
hisobidan 
olinadigan 
pul 
mablag’lari; 

XYuSga tegishli bo’lgan ijara haqi, lizing to’lovlari, dividendlar, 
aktsiyalar, obligatsiyalar va boshqa qimmatli qog’ozlar bo’yicha 
foizlar, sotishdan tashqari boshqa daromadlar, asosiy fondlarni 
sotishdan olingan daromad-lar; 

ishlab chiqarish quvvatlaridan samarali foydalanish hisobidan 
erishilgan foyda. 
Ish tartibini
o’zgartirish 
va 
dastgohlarni 
yuklash 
koeffitsientining oshirilishi, intensiv foydalanishning o’sishi va asosiy 
vositalar tarkibiy tuzilmasidagi progressiv o’zgarishlar, kiritilgan 
quvvatlarning tez 
o’zlashtirilishi, innovatsion yangiliklarni joriy etish 


fond qaytimi va boshqa ishlab chiqarish-
iqtisodiy ko’rsatkichlarni 
oshiradi. 
Asosiy fondlarni shakllantirish uchun jalb qilina-digan pul 
mablag’larining manbalarini ikki guruhga bo’lish mumkin: 

maqsadli moliyalashtirish va tushilmalar; 

banklarning o’rta va uzoq muddatli kreditlari hamda XYuS 
tomonidan texnikaviy qayta qurollantirish va rekonstruktsiya qilish, 
yangi asosiy ishlab chiqarish fond-larini yaratish (qurish) uchun milliy 
va xorijiy valyutada olingan qarzlar. 
Birinchi guruhning tarkibiga quyidagi manbalar kiradi: 

hukumat organlaridan subsidiyalar shaklida olingan pul 
mablag’lari; 

taraqqiyotning strategik yo’nalishini amalga oshiruvchi 
maqsadli dasturlar asosida investitsiyalar ko’rinishidagi byudjet 
mablag’lari; 

kichik tadbirkorlikni moliyaviy qo’llab-quvvatlovchi byudjetdan 
tashqari fondlarning 
mablag’lari; 

hamkorlikdagi loyihalarni amalga oshirishda ishtirok etuvchi 
boshqa XYuS va tashkilotlardan moliyaviy tushil-malar; 

va boshqalar. 
Ikkinchi guruhga kiruvchi jalb qilingan moliyaviy resurslarning 
tarkibida kreditorlik qarzlari ham muhim o’rinni egallaydi. 
Asosiy kapitalning doiraviy aylanishi jarayonida ishtirok 
etadigan moliyaviy resurslardan foydalanishning samaradorligi 
olingan samara va u
ni qo’lga kiritish uchun sarf qilingan moliyaviy 
resurslar o’rtasidagi nisbat orqali ifodalanadi. Shu munosabat bilan 
moliyaviy resurslardan foydalanishning sifat natijasini quyidagi 
formula orqali ko’rsatish mumkin: 

Yüklə 3,97 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   67   68   69   70   71   72   73   74   ...   323




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin