11-
bob. Asosiy va aylanma kapital doiraviy aylanishining
moliyaviy jihatlari
11.1. Asosiy kapital doiraviy aylanishining mohiyati, tarkibiy
tuzilmasi va samaradorligi
Umumlashtirilgan ko’rinishda asosiy kapital mehnat vositalariga
(binolar, inshootlar, uzatish qurilmalari, mashinalar, dastgohlar,
transport vositalari va foydali foydalanish muddati 12 oydan
oshadigan boshqa vositalar) sarflangan (joylashtirilgan) kapital
qiymatining bir qismidir. XYuSning buxgalteriya balansida asosiy
kapital aylanmadan tashqaridagi aktivlar sifatida aks ettiriladi. Uning
asosini asosiy vositalar tashkil etadi. Bu aktiv-larning boshqa
elementlari, ya’ni nomoddiy aktivlar, tugallanmagan qurilish, moddiy
boyliklarga daromadli qo’yish (joylashtirish), uzoq muddatli moliyaviy
qo’yilmalar, bevosita yoki bilvosita asosiy kapitalni kengaytirilgan,
ilmiy-
sig’imli ishlab chiqarishga xizmat qiladi. Mehnat va mahsulotni
yaratish jarayonida asosiy kapital ishlab chiqarish omili va ishlab
chiqarishning moddiy-texnikaviy asosi shaklida amal qiladigan
unumli kapitalning qismi sifatida maydonga chiqadi.
Asosiy kapitalning doiraviy aylanishi unga tegishli bo’lgan
qiymatning quyidagi uch funktsional shakllarida harakat qilishini
anglatadi:
pulli;
unumli;
tovarli.
Asosiy kapital qiymatining bu shakllarda amal qilishi foyda
olishni va mehnat vositalarining takror ishlab chiqarilishini
ta’minlaydi.
Kapitalning doiraviy aylanishi davomida aylanma kapitaldan
farqli o’laroq asosiy kapital o’zining iste’mol shaklini birdaniga
yo’qotmaydi, ya’ni davomli muddatda eskiradi. Yangidan
yaratilayotgan mahsu
lotga u o’zining qiy-matini asta-sekinlik bilan,
eskirish darajasiga qarab o’tkazadi va to’liq qayta tiklanganga qadar
ko’plab ishlab chiqarish tsikllari davomida uni tiklab boradi. Bu
jarayon amortizatsiya deb ataladi va u o’rnatilgan me’yorlarga
muvofiq ravishda har oyda hisoblanadi.
Ma’naviy eskirishini inobatga olgan holda mehnat vositalari
boshlang’ich qiymatini to’liq tiklash vaqti amortizatsiya davri deb
ataladi.
Bu
davr
tugaganidan
so’ng
asosiy
kapitalga
avanslashtirilgan pulli qiymat o’z aylanishini tugatadi va yana
mehnat
vositasiga
aylanadi.
Bu
fursatga
etgunga
qadar
o’tkazilayotgan qiymat asta-sekinlik bilan va uzluksiz ravishda
amortizatsiya fondi ko’rinishida jamg’arilib boriladi hamda shundan
keyin u iste’mol qilingan kapitalni yangidan qayta tiklash uchun
ishlatiladi.
Ishlab chiqarish jarayonida asosiy kapitalni buyum-lashgan
shakli sifatida asosiy fondlar - uzoq vaqt davo-mida natural-
iste’molli shaklda ishlab chiqarish jara-yonida foydalanilayotgan
moddiy boyliklar yig’indisi - maydonga chiqadi. Iqtisodiy
mo’ljallanganligiga ko’ra aso-siy fondlar quyidagilarga bo’linadi:
asosiy ishlab chiqarish fondlari;
noishlab chiqarish asosiy fondlari.
Ishlab chiqarish jarayonida buyumlashgan-natural shaklda
ishtirok etadigan va ko’plab ishlab chiqarish tsikllari davomida
o’zining qiymatini tayyor mahsulotga qismlarga bo’lib o’tkazuvchi
mehnat vositalariga asosiy ishlab chiqarish fondlari deyiladi.
Noishlab chiqarish asosiy fondlarining tarkibiga XYuSning
balansida bo’lgan va noishlab chiqarish maqsad-lari uchun
foydalanishga mo’ljallangan XYuSning mulklari kiradi. Ular bo’yicha
amortizatsiya hisoblanmaydi. Bu fondlarning qiymati ularning
eskirishi munosabati bilan XYuSning foydasi hisobidan takror ishlab
chiqariladi.
Asosiy ishlab chiqarish fondlarining tarkibiy tuzil-masi tarmoq,
texnologik, ishlab chiqarish va xizmat qilish muddati (yoshi) jihatidan
turli tuzilmalarga bo’linishi mumkin. Tarmoq tuzilmasi alohida
olingan tarmoqdagi asosiy ishlab chiqarish fondlari qiymatining
butun iqtisodiy
ot bo’yicha shu fondlar qiymatidagi salmog’ini
xarakterlaydi. Asosiy ishlab chiqarish fondlarining texnologik
tuzilmasi alohida guruh ichidagi ular turli ko’rinishlarining salmog’ini
ko’rsatadi. Ishlab chiqarish tarkibiy tuzilmasi ishlab chiqarish
jarayoni
da ishtirok etayotgan mehnat vositalari turli ko’rinishlarining
nisbatidan iborat bo’lib, investitsiyalarning texnologik ilg’orligi va
ularning oqilona joylashtirilganligini aks ettiradi. Asosiy fondlarning
xizmat qilish muddati (yoshi) jihatidan tarkibiy tuzilmasi ularning
ahvolini yosh guruhlari va takror ishlab chiqarish sur’atlari bo’yicha
ifodalaydi. Keyingi yillarda asosiy fondlarning etarli darajada faol
takror ishlab chiqarilmaganligi uchun ularning yoshi va eskirishi ortib
bormoqda (oshmoqda).
Asosiy fondlar pul shaklida baholanadi va hisob-lanadi hamda
buxgalteriya hisobida asosiy vositalar sifatida aks ettiriladi. Ularning
tarkibiga quyidagilar kiradi:
binolar;
inshootlar (neft va gaz qazib oluvchi, gidrotexnik, transport
xo’jaligi inshootlari va boshqalar);
uzatuvchi moslamalar (elektr uzatuvchi, aloqa, quvurlar va
h.k.);
ishchi va kuch mashinalari va dastgohlari;
o’lchovchi va tartibga soluvchi (o’zgartiruvchi) asbob (pribor)lar
va qurilmalar;
uy-joylar;
hisoblash texnikasi va orgtexnika;
transport vositalari;
asbob(instrument)lar;
ishlab chiqarish va xo’jalik asbob(inventar)lari va buyumlari;
ishchi va mahsuldor qoramollar;
ko’p yillik o’simliklar.
Yuqoridagilardan tashqari asosiy vositalarning tarki-biga yana
tashkilotning mul
kida bo’lgan er maydonlari, tabiatdan foydalanish
ob’ektlari (suv, qazilma boylik-lari va boshqa tabiiy resurslar), asosiy
vositalarning ijaraga olingan ob’ektlari ham kiradi.
Ishchi va kuch mashinalari hamda dastgohlari, o’lchovchi va
tartibga soluvchi (o
’zgartiruvchi) qurilmalar hamda asbob (pribor)lar,
hisoblash texnikasi, transport vositalari, asbob(instrument)lar, ishlab
chiqarish va xo’jalik ashyo-(inventar)lari, odatda, asosiy fondlarning
aktiv qismiga kiritilib, ular mehnat predmetlariga bevosita ta
’sir
ko’rsatadi. Ularning qolgan qismlari esa asosiy fondlar-ning passiv
qismiga kiritiladi. Bozor iqtisodiyoti sharoitida asosiy kapital aktiv
qismining maksimal ravishda oshirilishi eng muhim vazifalardan biri
bo’lib hisoblanadi.
Asosiy kapital doiraviy aylanishining samarador-ligini tahlil
qilishda quyidagilarni hisobga olish maqsadga muvofiq:
moliyaviy nuqtai-nazardan asosiy kapitalning doiraviy aylanishi
moliyaviy resurslar tegishli fondlarining tash-kil etilishi bilan birga
yuz beradi. Bu bir vaqtning
o’zida ham asosiy kapital va ham
aylanma kapital aylanishiga to’liq tegishlidir;
shu doiraviy aylanish jarayonida vujudga keladigan moliyaviy
resurslardan
foydalanish
samaradorligini
baholash
muhim
hisoblanadi;
ishlayotgan ishlab chiqarish fondlaridan foydalanish va
eskirgan asosiy ishlab chiqarish fondlarini yangilashning o’z vaqtida
amalga oshirilishi samaradorligini baholash kerak.
XYuSning moliyaviy resurslari tarkibi o’z va jalb qilingan pul
mablag’laridan iborat bo’lishi mumkin. Takror ishlab chiqarish
jihatidan asosiy kapitalning doiraviy aylanishi iste’mol qilingan
asosiy fondlarni almash-tirish (yangilash) uchun amortizatsiya
mablag’larining amorti-zatsiya fondida jamg’arilishini ko’zda tutadi.
Hisobot davri davomida asosiy vositalar
ob’ektlari bo’yicha
amortizatsiya ajratmalari hisoblashni qo’llash usullariga bog’liq
bo’lma-gan holda har oyda hisoblanadi. Mavsumiy ishlab chiqa-
rishda ham asosiy vositalar bo’yicha amortizatsiya ajrat-malarining
yillik summasi hisobot yilida tashkilotning ishlash davri davomida bir
tekisda
hisoblanadi.
Agar
asosiy
vositalarning
ob’ektlari
rekonstruktsiya va modernizatsiya qilishda bo’lsa, yoki ular uch
oydan ko’proq muddatga konservatsiya qilishga o’tkazilgan bo’lsa,
bunday holatlarda amortizatsiya ajratmalarini hisoblash tashkilot
rahbarining qaroriga muvofiq to’xtalishi mumkin.
Amortizatsiyalashtiriladigan
(belgilangan
muddat
ichi-da
yangilanishi shart bo’lgan) mol-mulklar o’zlarining foydali foydalanish
muddatlariga bog’liq ravishda turli amortizatsiya guruhlariga
birlashtiriladi. Birinchi guruhga foydali foydalanish (ishlatish) muddati
1 yildan 2 yilgacha bo’lgan mol-mulklar, oxirgi guruhga esa foydali
foydalanish muddatlari 30 yildan ortiq bo’lgan mol-mulklar kiritiladi.
Amortizatsiya guruhlariga kiritiladigan asosiy vosi-talarning
tasniflanish tartibini (klassifikatsiyalani-shini) har bir mamlakatning
hukumati aniqlab beradi. Amortizatsiya guruhlari ko’rsatilmagan
asosiy vositalarning turlari bo’yicha foydali foydalanish muddatlari
ularni tayyorlagan tashkilotlarning tavsiyalari va texnik shart-
sharoitlariga muvofiq ravishda soliq to’lovchining o’zi tomonidan
o’rnatiladi.
Hozirgi
paytda
amaliyotda
amortizatsiya
ajratmalarini
hisoblashning ikki asosiy metodidan foydalaniladi:
chiziqli;
nochiziqli.
Amortizatsiya ajratmalarini hisoblashning chiziqli metodi
binolar,
inshootlar,
uzatish
qurilmalariga
nisbatan
ularning
foydalanishga topshirish muddatlariga bog’liq bo’lmagan holda
qo’llaniladi. Asosiy vositalarning qolgan boshqa ob’ektlariga
nisbatan amortizatsiya summalarini hisob-kitob qilishning yuqoridagi
ikki metodidan
– chiziqli va nochiziqli - biri qo’llanilishi mumkin.
Chiziqli metod qo’llanilganda bir oy uchun hisoblangan
amortizatsiyaning summasi shu ob’ekt uchun aniqlangan
amortizatsiya normasi va ob’ektning dastlabki (tiklash) qiymatiga
nisbatan quyidagicha aniqlanadi:
Dostları ilə paylaş: |