Ajablanarlisi
shundaki, XYuS moliyaviy operatsiya-larining
daromadliligini xarakterlovchi ko’rsatkich ular-ning samaradorligini
sof moliyaviy natijaning sof moliyaviy xarajatlarga nisbati shaklida
ifodalab, ko’pchi-lik hollarda XYuS moliya-xo’jalik
faoliyatining
haqiqiy samaradorligini aks ettirmaydi. Iqtisodiyot real sektori
samaradorligining ko’rsatkichlarida va baholarida bankrot holatida
bo’lishlariga
qaramasdan
moliyaviy
“spekulyatsiya”-ning
imkoniyatlari ularni “cho’kmasdan” turishlariga sharoit yaratadi.
Real sektor XYuSlarida, moddiy ishlab
chiqarishda moliyaviy
resurslardan
foydalanishning
samaradorligini
mos
ravishda
baholash talablariga u yoki bu darajada sotuv rentabelligi
ko’rsatkichi (foydaning mahsulotni realizatsiya qilishdan olingan
tushumga nisbati) javob beradi. Bu nisbatdagi surat va maxraj pul
mablag’laridan iborat bo’lganligi
uchun sotuv rentabelligini, ayrim
holatlarni istisno qilgan tarzda, sof moliyaviy ko’rsatkich sifatida
e’tirof etish mumkin. Shunday bo’lishiga qaramasdan bu yerda yana
bir
narsani inobatga olmoq lozim, ya’ni samara-dorlikning o’lchovi
sifatida yuqoridagi ko’rsatkichning haqqo-niylik darajasi juda ko’p
omillarga, xususan, tushum va foydani shakllantiruvchi bozor
baholari monopol baho-
larni shakllantirishning salbiy ta’sirlaridan
qanchalik ozod ekanligiga
bog’liq.
Yuqorida ko’rib o’tilgan barcha moliyaviy ko’rsatkichlarda
mazmun va shakl o’rtasida dialektik qarama-qarshilikning mavjudligi
nam
oyon bo’ladiki, bu narsa bizning holat (vaziyat)da XYuSlar
moliyasining (iqtisodiyot yaxlit moliyaviy sektorining ham) o’z
iqtisodiy
asosidan, ishlab chiqarishdan ajralib chiqish (uzilish)ga va
unga bog’liq bo’lmagan holda mustaqil hayot kechirish imkoniyatini
qo’lga kiritishga intilishi orqali ifodalanadi. XYuSlar moliya-xo’jalik
faoliyatining samaradorligini tahlil qilish va baholashda moliyaviy
ko’rsatkichlar (masalan, tushum va foyda) moddiy aylanma
mablag’larning aylanuvchanligi, asosiy ishlab
chiqarish fondlari va
nomoddiy aktivlarning fond qaytimi (sig’imi) kabi iqtisodiy
ko’rsatkichlar bilan birgalikda qaralsa, bu qarama-qarshilik, ma’lum
darajada, pasayadi (kamayadi).
Ana shu munosabat bilan eng
umumlashtiruvchi ko’rsatkichlardan biri quyidagi formulaga muvofiq
ravishda hisoblanadigan XYuSning iqtisodiy rentabelligi (biznesning
rentabelligi) ko’rsatkichidir:
Dostları ilə paylaş: