hisobvaraqlariga o’tkazilmasdan uning aylanmasida bo’lgan paytda,
unga q
o’shimcha daromad kelti-radi.
.
O‘zbekiston Respublikasida bozor iqtisodiyotiga o’tishning
dastlabki yillarida XYuSlarnig bir-
birlariga o’zaro mol etkazib berish
va xizmat ko’rsatish bo’yicha mablag’larni o’z vaqtida to’lamaslik
holatlari avj olib ketdi. In
flyatsiya darajasi o’ta yuqori bo’lganligi
uchun o’sha davrlarda bank kreditlari stavkasining 100% dan ham
baland bo’lganligi holatida sotib olgan mahsulotning pulini o’z
vaqtida to’lamaslik
shu XYuS ga noqonuniy, lekin qo’shimcha
daromad manbai bo’lib xizmat qildi. Shunday holatlar ish haqini o’z
vaqtida to’lamaslik tufayli ham yuz berdi. Xodimlarga, ishchi va
xizmatchilarga bir necha oylab oylik maoshlarni berishning
kechiktirilganligi (orqaga surilganligi) ba’zi bir “tadbirkor” va
“bankir”larning tekinga boyish manbalaridan biriga aylandi, chunki
o’z vaqtida to’lanmagan ish haqi mablag’lari
ularning ixtiyorida
bo’lib, ulardan vaqtincha boshqa maqsadlarda foydala-nishlari
mumkin edi.
Amortizatsiya ajratmalari fondi XYuSlar moliyaviy resurslarining
tarkibiy tuzilmasida muhim rol o’ynaydi. Chunki bunday ajratmalar
pul tushumlaridan qancha ajratilganligi va ularning XYuS tegishli
hisobvaraqlarida joylashganligiga qarab XYuSlarning real moliyaviy
resurslari bo’lib hisoblanadi.
Ishlab chiqarishning rivojlanishi va tovar hamda moliya
bozorlarida XYuS faoliyatining faollashuvi natijasida uning moliyaviy
resurslari tarkibiy tuzilmasida foyda hal qiluvchi o’rinni
egallay
boshlaydi. Foyda XYuS o’z mablag’larining asosiy manbai bo’lib,
ishlab chiqarish apparatining yangilanishini, sifatning yaxshilanishini,
chiqarilayotgan mahsulot assortimentining kengayishini va h.k.larni
ta’minlaydi. Foyda hisobidan XYuSning rezerv fondlari, maxsus
maqsadlarga mo’ljallangan fondlar tashkil etiladi.
Foyda massasi va normasi, uning xarajatlarga nisbati
XYuSning kreditga layoqatligini va uning qarz mablag’larni jalb qilish
imkoniyatini, uzoq va qisqa muddatli kreditlarni olishni aniqlab
beradigan muhim indikatorlardir. Qarz mablag’larning XYuS o’z
mablag’lariga nisbati 1/3
va undan katta darajaga etib, uning
to’lovga layoqatligiga kreditorilarga ham, hamkorlariga ham shubha
tug’dirmasligi mumkin.
Tijorat XYuSlarning moliyaviy resurslari quyidagi manbalardan
tashkil topadi:
mahsulot sotishdan tushum hisobidan shakllanadigan moliyaviy
resurslar (foyda; amortizatsiya ajratmalari fondi; ish haqi fondi;
moddiy xarajatlarni tiklash fon-di);
ishlab chiqarilgan mahsulotga bog’liq bo’lmagan sotishdan
keladigan tushumlar(mol-
mulk; asosiy faoliyatga daxldor bo’lmagan
xizmatlar va boshqalar) hisobidan olinadigan
moliyaviy resurslar;
moliyaviy bozorda shakllanadigan moliyaviy resurslar (kreditlar
va zayomlar; o’z aktsiyalari va qimmatli qog’oz-larning boshqa
ko’rinishlarini sotish; boshqa emitentlarning qimmatli qog’ozlari
bo’yicha dividendlar va foizlar; sug’urta qoplamalari va boshqalar);
kreditorlik qarzlari hisobidan tashkil topadigan moliyaviy
resurslar (mol etkazib beruvchi va pudratchilarga;
mehnat haqi
bo’yicha; sotsial sug’urtaga doir; byudjet oldidagi va boshqalar);
badallar va maqsadli xarakterdagi tushilmalar hisobidan
shakllantiriladigan moliyaviy resurslar (boshqa tashkilotlar va
jismoniy shaxslardan tushilmalar, byudjet subsidiyalari va h.k.).
Dostları ilə paylaş: