Albatta, foydaning miqdoriga XYuSning
soliq siyosati ham o’z
ta’sirini ko’rsatadi, chunki odatda, barcha
soliqlar tovar bahosining
tarkibiga kiritiladi. Soliqlarning miqdori, ayrim hollarda,
bahoning
darajasini aniqlashga va demak, talabga ham hal qiluvchi ta’sir
ko’rsatadi. Shuningdek, soliqlar
XYuSning sof foydasiga ham
bevosita ta’sir qiladi, chunki sof foyda balans (umumiy) foyda va
uning byudjetga to’langan qismi o’rtasidagi farq sifatida hisoblanadi.
Hozirgi sharoitda iloji boricha XYuSlar foydasining asosiy qismi
byudjetga olinmasligi va XYuSning ixtiyoriga qoladigan sof foyda
uning rivojlanishini moliyalashtirish uchun etarli bo’lmog’i lozim. Bu,
eng avvalo, investitsiyalarga tegishli bo’lib, amal (harakat)dagi
XYuSlarda ularning manbai sof foydadir.
XYuSlarda sof foyda
bo’yicha sotuvning rentabelligi (sof foydaning realizatsiya hajmiga
nisbati) yuqori bo’lib, ularning sog’lom faoliyatini ta’min-lashga etarli
bo’lishi kerak.
Moliyaviy isloh qilish jarayonida XYuS faoliyat ko’rsatishning
quyidagi parametrlariga chiqishga harakat qilmog’i lozimki, ular
XYuS ishining moliyaviy barqarorligi va balansi tarkibiy tuzilmasining
ijobiyligidan darak beradi:
-
to’lovga qobillik koeffitsienti
-
1;
- joriy likvidlik koeffitsienti
-
2;
-
aylanma aktivlarning o’z aylanma mablag’-
lari bilan
ta’minlanganlik koeffitsienti
-
0,1;
- absolyut likvidlik koeffitsienti
-
0,2;
- zaxira
va xarajatlarning hajmi
(o’lchami)
ularni qoplash manbalaridan kichik yoki ularga
teng (
) bo’lishi kerak.
XYuS faoliyatini zarar (ziyon)siz va tanazzulsiz bo’lishini
ta’minlash uchun kompaniya ishtirokchilari va moliyaviy menejment
tomonidan bu ko’rsatkichlar doimiy ravishda monitoring qilib borilishi
va zarur bo’lgan hollarda ularning darajasi o’z vaqtida o’zgartirilishi
lozim.
Dostları ilə paylaş: