qiladi. Buni inobatga olgan holda XYuS vosita-larining
“pul shakli” va
“pul qiymati” tushunchalarini farqlamoq lozim. “XYuS vositalarining
pul qiymati” tushunchasi, odatda, pul mablag’larining o’zini emas,
balki turli maqsadlar uchun mo’ljallangan vositalar va fondlar
(masalan, asosiy fondlar)ning qiymat jihatidan baho-lanishini
anglatadi.
Pulga sotib olinganligiga qaramasdan ishlab chiqarish vositalari
(yuqorida
qayd etilgan dastgohlar, mashinalar, xomashyo va
materiallar, ishlab chiqarishga mo’ljallangan binolar va shunga
o’xshashlar) haqiqatda pul emas va pul hisoblanmaydi. Ishlab
chiqarish fondlarini qaytadan pul shakliga aylantirish uchun, avvalo,
ularni sotish kerak.
Bu holda esa, o’z
navbatida, mol-mulkning
balansda aks ettirilgan qiymat jihatidan baholari emas, balki amal-
dagi bozor baholari harakat (ish)ga tushadi.
Moliyaviy qiyinchiliklar
va bankrotlik xavfi ostida vujudga keladigan bunday vaziyatlar
XYuSni yomon oqibatlarga, xususan, mablag’lar va resurslarni
yo’qotib qo’yishiga olib kelishi mumkin. Holbuki, xalqaro
amaliyotdagi ma’lumot-larga ko’ra,
bankrotga uchragan XYuS
tugatilayotgan paytda unga tegishli bo’lgan aktivlar qiymatining
40%dan ortiq bo’lmagan qismini olishga muvaffaq bo’lish mumkin,
xolos. Shu munosabat bilan hatto, sog’lom bozor aylanmasida, ya’ni
talabga ega bo’lgan tayyor mahsulot realizatsiya qilinganda ham u
faqat sotilganidan so’ng pul mablag’iga aylanadi.
Ishlab chiqarish jarayonini yangidan boshlash va rivoj-
lantirishga mo’ljallangan XYuSning moliyaviy resurslari bu pul
shaklidagi uning kapitalidir.
Mehnat vositalari, predmetlari va
natijalariga aylangan moddiy-buyumlashgan kapital, ishlab chiqarish
jarayoni ishtirokchilarining jismoniy va intellektual qobiliyat-laridan
iborat bo’lgan inson kapitali kapital mavjudligi va harakatining
boshqa pulsiz shakllari hisoblanadi. Printsip jihatidan,
takror ishlab
chiqarish jarayonining doiraviy aylanishiga kiritilgan va uning
egasiga daromad keltiruvchi har qanday mulkiy va intellektual boylik
kapital bo’lishi mumkin.
Tijoriy XYuSlarning moliyaviy resurslari dastlab (birlamchi
holda) ula
r ta’sis kapitalining bir qismini pul shaklida qo’yish va,
shuningdek,
boshqa
shaxslar
va
tashki-lotlardan
maqsadli
moliyalashtirish va subsidiyalar ko’rinishida kelib tushgan pul
mablag’lari qismi hisobidan shakllantiriladi. Ta’sis kapitalining pul
shakli
da bo’lmagan qismi (sanoat va intellektual mulk ob’ektlari,
ulardan foydalanish huquqlari va boshqalar) esa, xuddi maqsadli
tushilmalar singari, agar ular pul ko’rinishida qo’yilmagan bo’lsa,
ularni XYuSning moliyaviy resurslari
tarkibiga kiritish maqsadga
muvofiq emas.
Dastlabki (birlamchi) kapitalning ishlab chiqarishga investitsiya
qilinishi tovar-pul doiraviy aylanishi jarayonining kengayishini
boshlab beradi. Uning pul shaklidagi yakuni (natijasi) sifatida
XYuSning tushumi maydonga chiqad
i. O‘z navbatida, tushum
xarajatlarni moliyalashtirish va kengaytirilgan takror ishlab chiqarish
jarayonini davom etttirishni ta’minlovchi bir necha pul mablag’lari
fondlariga bo’linadi. Umumiy tarzda, formula orqali buni quyidagicha
ifodalash mumkin:
Dostları ilə paylaş: