T. Malikov O. Olimjonov moliya



Yüklə 3,97 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə72/323
tarix30.09.2023
ölçüsü3,97 Mb.
#150845
1   ...   68   69   70   71   72   73   74   75   ...   323
Мoliya. Darslik. T.Malikov, O.Olimjonov. Toshkent-2019


с 
= ( 

F : M 
р 
) x 100% 
 
Bu yerda: 

с 
- moliyaviy samaradorlik; 


– foydaning o’sgan qismi; 

р 
- moliyaviy resurslar. 
Asosiy kapitalning rivojlanishi va uning moliyaviy jihatdan 
ta’minlanishini boshqarishda asosiy ishlab chiqarish fondlaridan 
foydalanishning samaradorligini baholash alohida ahamiyat kasb 
etadiki, uning juda ko’p jihatlari mavjud. 


Bu yerda, eng avvalo, davlat, mulkdorlar, boshqaruv-chilar va 
xodim (ishchi)lar manfaatlarini birgalikda qarash jihati juda 
muhimdir. Davlat manfaatlari, bir tomondan, XYuSlarning soliq 
to’lovlarini maksimallashtirish maqsa-dida balans foydaning 
maksimallashtirilishini ko’zda tutadi. Ikkinchi tomondan esa, 
foydadan soliq to’lovlari foydaning kengaytirilgan ilmtalab takror 
ishlab chiqarish-ga qayta investitsiya qilinishini hisobga olgan holda 
optimallashtirilmog’i lozim. 
Juda ko’p hollarda mulkdorlar va boshqaruvchilar manfaatlari 
bir-biriga mos keladi. Mulkdorlar uchun ham, boshqaruvchilar uchun 
ham bir aktsiyaga to’g’ri keluvchi foyda summasining o’sishi orqali 
aktsionerlar daromadlarini maksimallashtirish maqsadini amalga 
oshirish alohida ahamiyat kasb etadi. 
Odatda, daromadlarni maksimallashtirish ishlab chiqarishning 
samaradorligini oshirish bo’yicha tadbirlarni amalga oshirish 
hisobidan erishiladi. U rentabellik va mehnat unumdorligi, fond 
qaytimining oshishi, xarajat-
larning qisqarishi, aylanma mablag’lar 
aylanishining tezlashuvi, mahsulot sifatining oshishi, asosiy fondlar- 
ning yangilanishi, innovatsion texnologiyalar va boshqaruv 
metodlaridan foydalanish bilan bog’liq. 
Boshqaruv qarorlarida dividend siyosatini oqilona shakllantirish 
muhim ahamiyatga egaki, u sof foydani dividendlar to’lashga va uni 
jamg’arishga yo’naltirishga oqilona taqsimlanishini nazarda tutadi. 
XYuS xodim (ishchi)lari manfaatlari nuqtai-nazaridan faqatgina 
moliyaviy natija emas, balki o’zining tarkibiga ish haqi va uning 
o’sishi, ijtimoiy dasturlar va mehnat sharoitlarini yaxshilashga 
qaratilgan XYuS xarajatlari hisobidan vujudga keladigan moliyaviy- 
iqtisodiy ko’rsatkich-larning o’sishini qamrab oluvchi ijtimoiy-iqtisodiy 
samara ham muhimdir. 
Asosiy kapitaldan samarali foydalanishni baholashda XYuS 
moliya-
xo’jalik faoliyatining natijaliligini ochib beruvchi umumiy 
moliyaviy-
iqtisodiy 
ko’rsatkichlardan 
foy-dalanish 
maqsadga 
muvofiq. Bu yerda hal qiluvchi v
a aniqlovchi ko’rsatkich sifatida 
ishlab chiqarishning umumiy rentabelligi ko’rsatkichidan foydalanish 
mumkin. U samaradorlikni baholashning me’zoni bo’lib xizmat qiladi 
va quyidagi formula yordamida aniqlanadi: 

Yüklə 3,97 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   68   69   70   71   72   73   74   75   ...   323




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin