CENTRAL ASIAN RESEARCH JOURNAL FOR INTERDISCIPLINARY STUDIES (CARJIS) Google Scholar Universal Impact Factor: 7,1 ISSN:2181-2454 www.carjis.org DOI: 10.24412/2181-2454-2022-2-174-179 VOLUME 2 | ISSUE 2 | 2022 Tashkent, Uzbekistan 178 E-mail: carjisor@carjis.org Husayn yoki uluslarni boshqargan shahzodalar yerlarga meros tarzida egalik qilish
uchun ulashganlar.
Suyurg’ol egasiga o’z suyurg’oli doirasida amaldorlar tayinlash, soliqlar va
turli to’lovlarni to’plash hamda aybdorlarni jazolash huquqi berilgan. Abdurazzoq
Samarqandiyning yozishicha, Shohrux davrida Xorazm - Shoh Malik; Farg’ona –
Mirzo Ahmad; Tus, Mashhad, Obivard, Nisoni o’z ichiga olgan Xuroson -
Boysung’ur; Qobul, G’azna va Qandahor viloyatlari Mirzo Qaydu bahodirning
suyurg’oli edi.
Suyurg’ol yorlig’iga ega bo’lgan viloyat hukmdorlari markaziy hokimiyatga
faqat nomigagina qaram bo’lib, odatda, ular deyarli mustaqil edi. Suyurg’ol egalari
tobeligini kuchaytirish maqsadida markaziy hokimiyat ba’zan ular tasarrufidagi yer
maydonlarini qisqartirar yoki ularning ma’muriy va adliya jihatidan haq-huquqini
cheklab qo’yar edi. Suyurg’ol egasi markaziy hukumatga bo’ysunmagan taqdirda
suyurg’ol huquqidan mahrum bo’lar va hokim uning viloyatini boshqa shaxsga berar
edi.
Temuriylar davrida dehqonchilik maydonlarining ikkinchi kattagina qismi
xususiy yerlardan iborat bo’lib, yirik mulkdorlarning katta yer maydonlari ham,
mehnatkash ziroatchilarning mayda paykallari ham xususiy mulk qatoriga kirgan.
Mulk yerlarining katta qismi ma’muriy, harbiy va diniy arboblarning tasarrufida
bo’lgan. Bosh hukmdor tomonidan yirik mulk egalariga biron xizmati uchun
tarxonlik yorlig’i berish keng tarqalgan. Tarxonlik yorlig’ini olgan mulkdorlar,
asosan barcha soliq, to’lov va majburiyatlardan ozod qilingan. Tarxonlik yorlig’i,
odatda amirlar, beklar, saroy amaldorlari, sayyidlar va boshqa yuqori tabaqa
vakillariga berilgan. Bunday yorliqni olgan mulkdor ismiga tarxon so’zi qo’shib
aytilgan.
Ulug’bek davrida Samarqand yana ravnaq topdi. Bu davrda san’at va ilm-fan
rivoji uchun shu qadar katta ishlar qilindiki, bu davrni «Samarqandning oltin davri»
deb atay boshlashdi. U soliq siyosatida dehqonlardan olinadigan soliqlarni kamaytirdi
va dehqonlar faravonligini o’stirishga imkon yaratdi. Tushumlar qisqarishining
o’rnini esa tamg’a - hunarmand va savdogarlardan olinadigan yig’imni ko’paytirish
hisobiga to’ldirdi.
Temuriylar davridagi soliqlarni o’rganishda ayrim faktlarni keltirib o’tish
o’rinli. Masalan, temuriylardan Husayn Boyqaro mamalakatdagi isyonlar tufayli
xarajatlar ko’payganini hisobga olib, Hirot hokimi Muboriziddin Valibekka nishon
yuborib, yangi xarajatlar uchun Hirot va uning tevarak-atrofidagi tumanlardan 100
ming dinor kepakiy to’plab jo’natishni buyurdi. Hirot hokimi tumanlardan faqat
yarmini, qolganini esa aholidan sarmushar, ya’ni jon solig’i sifatida undirishga qaror