CENTRAL ASIAN RESEARCH JOURNAL FOR INTERDISCIPLINARY STUDIES (CARJIS) Google Scholar Universal Impact Factor: 7,1 ISSN:2181-2454 www.carjis.org DOI: 10.24412/2181-2454-2022-2-174-179 VOLUME 2 | ISSUE 2 | 2022 Tashkent, Uzbekistan 177 E-mail: carjisor@carjis.org mumkin bo’lgan; ixrojot - saroylarga qarash uchun maxsus yig’im; boj -
savdogarlardan chegarani kesib o’tishda undiriladigan bojxona solig’i; xonamushar -
har bir xonadondan olinadigan yig’im; qo’nalg’a - elchi, amaldorlar, choparlarni
bepul qabul qilish va mehmon qilish yig’imi; shilon puli - noiblarni ziyofat qilishi
uchun yig’im; jon solig’i – jon boshidan yiliga bir marta to’planadigan soliq;
peshkash - yuqori mansabdagi amaldorlarga sovg’a berish uchun yig’imlarni kiritish
mumkin.
Amir Temurning o’zbek davlatchiligi tizimini takomillashtirishga qaratilgan
katta xizmatlaridan biri davlat boshqaruv tizimining mumtoz namunalarini qayta
tiklash bilan chegaralanmasdan, zamon talablarini ko’zda tutib, yangi usullarni joriy
qilishidir. Uning strategiyasida insonparvarlikka asoslangan mukammal jamiyat
qurish g’oyasi markaziy o’rin tutadi. Ungacha xazinani idora qilish faqat dargoh
tamoyiliga asoslangan bo’lsa, u dargoh va vazirlik tamoyillarini qo’shib olib bordi.
Xazina daromadlari soliqli va soliqsiz daromadlarga ajratildi. Xazina xarajatlari
tarkibidan obodonchilik, ijtimoiy-madaniy, shu jumladan, fan, madaniyat, ijtimoiy
ta’minot xarajatlarining hissasi ortib bordi. Bularning hammasi mamlakatning
iqtisodiy va madaniy jihatdan mustahkamlanishi, uning xalqaro mavqeini oshirishda
faol ta’sir etdi.
Amir Temur Markaziy Osiyo iqtisodini rivojlantirishga, fan va madaniyatni
qanchalik ko’tarishga uringan bo’lmasin, shafqatsiz to’lqinlar u tashkil etgan buyuk
saltanatni parchalanishiga, parokanda bo’lishiga olib keldi. Uning vafotidan so’ng
avlodlari o’rtasida taxt uchun kurash uzoq davom etib, shahzodalar o’rtasida olib
borilgan kurash o’lkaning moliya-soliq tizimiga ta’sir ko’rsatmay qolmadi. Harbiy
xarajatlarning ko’payib borgani sari uning manbai hisoblangan soliq tizimi izdan
chiqdi.
XV asr davomida Movaraunnahr va Xurosonda avvalgidek yer mulkchiligining
asosan to’rt shaklidagi: mulki devoniy - davlat yerlari, mulk - xususiy yerlar, mulki
vaqf - madrasa va masjidlar tasarrufidagi yerlar va nihoyat jamoa yerlari bo’lgan.
Dehqonchilik yerlarining eng katta qismi davlat mulki hisoblangan. Bu yerlarga,
avvalgidek, mamlakat hukmdori sulton yoki amirlar egalik qilgan. Temuriylar
davrida davlat yerlarini suyurg’ol tarzida in’om qilish ham keng tarqalgan. Suyurg’ol
yerlar hajmi, sharti hamda yer va yorliqqa ega shaxslarning tabaqasi jihatidan
turlicha bo’lgan. Odatda, shahar yoki viloyatlardan to alohida qishloqqacha suyurg’ol
shaklida in’om etilgan. Butun bir shahar yoki viloyat ko’pincha hukmron sulola
namoyondalari yoki yirik harbiy va davlat mansabdorlariga berilgan. Amir Temur
davrida bo’lganidek temuriylar davrida ham suyurg’ollarni ulashish amaliyoti keng
tarqaldi. Markaziy hokimiyat vakillari - Shohrux, Ulug’bek, Abu Said, Sulton