Universal Impact Factor: 7,1 issn: 2181-2454



Yüklə 425,78 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə1/6
tarix30.09.2023
ölçüsü425,78 Kb.
#150963
  1   2   3   4   5   6
amir-temur-va-temuriylar-davrida-soliq-tizimidagi-islohotlar



CENTRAL ASIAN RESEARCH JOURNAL FOR INTERDISCIPLINARY STUDIES (CARJIS) 
Google Scholar
 
Universal Impact Factor: 7,1
 
ISSN:2181-2454
 
www.carjis.org
DOI: 10.24412/2181-2454-2022-2-174-179 
VOLUME 2 | ISSUE 2 | 2022
Tashkent, Uzbekistan 174 E-mail: carjisor@carjis.org 
AMIR TEMUR VA TEMURIYLAR DAVRIDA SOLIQ TIZIMIDAGI 
ISLOHOTLAR 
 
Rahmatova Feruza Qudrat qizi 
Namangan davlat universiteti talabasi 
ANNOTATSIYA
Ushbu maqolada Amir Temur va temuriylar davridagi soliq tizimi, soliq turlari, 
ularni miqdori va qanday tarzda olinishi haqida batafsil yoritilgan. 
Kalit so‘zlar:
soliq, davlat, yer, aholi, siyosat, dehqon, mahsulot, pul, dalil, 
hukmdor, hudud. 
KIRISH 
Amir Temur insoniyat tarixida yirik davlat arbobi va o’rta asrning engilmas
betakror lashkarboshisi sifatida Markaziy Osiyo hududida yirik saltanat barpo qilib, 
o’z saltanati tarkibiga 27 ta davlatni birlashtirdi. U hamisha o’z davlat tizimini 
takomillashtirib borishni o’ylar, mo’g’ullardan farqli o’laroq, boshqa o’lkalarni zabt 
etishnigina emas, balki aksincha, u yerlarni idora qilish to’g’risida ham qayg’urar edi.
Shu bilan birgalikda davlatni adolatli idora etishda soliq siyosatining o’rni 
beqiyos ekanligini yaxshi tushunar edi. Amir Temurning soliqlar masalasi bilan 
jiddiy shug’ullanganligini isbotlaydigan qator dalillar mavjud.
Amir Temur soliq siyosatining asosiy yo’nalishlari uning farzandlariga siyosiy 
vasiyati bo’lmish «Temur tuzuklari» da ifodalangan bo’lib, uning soliq siyosati 
xususiyatlarini quyidagi fikrlari orqali ifodalashimiz mumkin: «Amr etdimki, 
raiyatdan mol-xiroj yig’ishda ularni og’ir ahvolga solib qo’yishdan yoki mamlakatni 
qashshoqlikka tushirib qo’yishdan saqlanish kerak. Negaki, raiyatni xonavayron 
qilish (davlat) xazinasining kambag’allashishiga olib keladi. Xazinaning kamayib 
qolishi esa sipohning tarqalib ketishiga sabab bo’ladi. Sipohning tarqoqligi, o’z 
navbatida, saltanatning kuchsizlanishiga olib keladi».
Asarda soliqlarni hisoblash qoidalari ham ishlab chiqilgan: «Yana amr 
qildimki, xirojni ekindan olingan hosilga va yerning unumdorligiga qarab yig’sinlar. 
Chunonchi, doim uzluksiz ravishda koriz, buloq va daryo suvi bilan sug’oriladigan 
ekin yerlarini hisobga olsinlar va unday yerlardan olinadigan hosildan ikki hissasini 
raiyatga, bir hissasini oliy sarkorlik (saltanat xazinasi) uchun olsinlar. Lalmikor 
yerlarni esa, jariblarga bo’lsinlar, hisobga olingan bu yerlardan (soliq olishda) uchdan 
bir va to’rtdan bir qoidasiga amal qilsinlar». 



Yüklə 425,78 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin