Universal Impact Factor: 7,1 issn: 2181-2454


CENTRAL ASIAN RESEARCH JOURNAL FOR INTERDISCIPLINARY STUDIES (CARJIS)



Yüklə 425,78 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə2/6
tarix30.09.2023
ölçüsü425,78 Kb.
#150963
1   2   3   4   5   6
amir-temur-va-temuriylar-davrida-soliq-tizimidagi-islohotlar

CENTRAL ASIAN RESEARCH JOURNAL FOR INTERDISCIPLINARY STUDIES (CARJIS) 
Google Scholar
 
Universal Impact Factor: 7,1
 
ISSN:2181-2454
 
www.carjis.org
DOI: 10.24412/2181-2454-2022-2-174-179 
VOLUME 2 | ISSUE 2 | 2022
Tashkent, Uzbekistan 175 E-mail: carjisor@carjis.org 
Ushbu jumlalardan ko’rishimiz mumkinki, soliq yerning lalmikor va 
sug’oriladigan qismlaridan alohida-alohida tartibda undirilgan. Bundan tashqari yangi 
yerlar o’zlashtirishni rag’batlantirish maqsadida soliq imtiyozlari ham belgilangan: 
«Yana amr etdimki, kimki biron sahroni obod qilsa, yoki koriz qursa, yo biron bog’ 
ko’kartirsa yoxud biron xarob bo’lib yotgan yerni obod qilsa, birinchi yili undan hech 
narsa olinmasin, ikkinchi yili raiyat o’z roziligi bilan berganini olsinlar, uchunchi yili 
esa oliq-soliq qonun-qoidasiga muvofiq xiroj yig’ilsin». Amir Temurning ushbu 
oqilona siyosati tufayli soliq to’lovchilarga soliq to’lash uchun qulay sharoit 
yaratilgan. Bundan tashqari mahsulot tarzidagi soliqni soliq puli bilan almashtirib 
turish mumkin bo’lgan: «Agar raiyat ro’yxatga olingan yerlaridan beriladigan soliqni 
naqd aqcha bilan to’lashga rozi bo’lsa, naqd aqcha miqdorini sarkorning hissasi 
hisoblangan g’allaning mazkur davridagi narxiga muvofiq belgilasinlar». Amir 
Temur olib borgan soliq siyosatining muhim xususiyatlari sifatida shuni ham 
ta’kidlab o’tish lozimki, u tomonidan zabt etilgan o’lkalarga nisbatan alohida soliq 
siyosati yuritilgan. «Agar yerlik fuqaro azaldan berib kelgan xiroj miqdoriga rozi 
bo’lsa, ularning roziligi bilan ish ko’rsinlar, aks holda (xirojni) tuzukka muvofiq 
yig’sinlar». 
ADABIYOTLAR TAHLILI 
Amir Temur farmoyishiga binoan soliq undirish ishlari rahm-shavqatga 
asoslangan bo’lishi lozim: «Amr qildimki, hosil pishib etilmasdan burun raiyatdan 
molu jihot olinmasin. Hosil etilgach, hosilni uch bo’lib olsinlar. Agar raiyat soliq 
to’lovchi yubormasdan, soliqni o’zi keltirib bersa, u holda u yerga soliq to’plovchi 
yubormasinlar. Agarda oliq-soliq oluvchini yuborishga majbur bo’lsalar, ular 
soliqlarni buyruq berish va yaxshi so’z bilan olsinlar, kaltak, arqon ishlatish, ishni 
urish-so’kishgacha olib bormasinlar. Ularni band etib, zanjir bilan kishanlamasinlar. 
Yana buyurdimki, xirojni raiyatdan kaltaklash va savalash yo’li bilan emas, balki 
ogohlantirish, qo’rqitish va tushuntirish yo’li bilan undirsinlar. Qaysi hokim 
hukmining ta’siri cho’p va kaltaklash ta’siridan kamroq bo’lsa, unday hokim 
hukumat yurgizishga yaroqsizdur». 
Amir Temur yuritgan soliq siyosati o’z davriga nisbatan soliqqa tortishning 
ilg’or g’oyalarini o’zida ifodalay olgan. Soliqlarning davlatni mustahkamlashdagi 
ahamiyati hisobga olinishi bilan birgalikda, muhim xususiyati sifatida qayd etish 
lozimki, u soliq to’lashga layoqatli soliq to’lovchilar bo’lishini e’tirof etgan. Shu 
boisdan ham davlat va soliq to’lovchilar o’rtasida soliq munosabatlarini 
shakllantirishga e’tibor qaratadi. Vaholanki, bu boradagi muammolar hozirgi 



Yüklə 425,78 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin