Geoaxborot tizimining ilmiy asoslari geoaxborot tizimining ta’rifi



Yüklə 0,57 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə16/25
tarix30.09.2023
ölçüsü0,57 Mb.
#151049
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   25
Geoaxborot tizimi tarixi

Geoaxborot tizimining ilmiy 
asoslari
 
26 
asosida boshqa fanlar, jumladan, matematika, statistika, informatika kabi bilimlar 
bu yerda ham takrorlanadi. 
Geoaxborot tizimining ilmiy asoslarini biz bundan buyon geoaxborot tizimi 
degan tuchunca bilan adashtirmasligimiz zarur. Sababi, GAT 

bu dasturlari turli 
ma’lumot toʻplashga moʻljallangan jihozlardan tashkil topgan tizimdir. Ilmiy 
asoslari deganda esa ma’lum bir fakt, mavzu yoki hodisani tushunishga, uning 
ilmiy jihatlarini oʻrganishga yordam beruvchi fanni tushunishimiz kerak boʻladi. 
Geoaxborot tizimida qoʻllaniladigan dasturiy ta’minotlar 
Geoaxborot tizimida qoʻllaniladigan maxsus dasturlar asosan ikki turga 
boʻlinadi va ular quyidagilardan iborat: 
1.
Pulli dasturlar.
Ular jumlasiga hozirda mashhur boʻlgan ESRI 
kompaniyasining ArcView oilasidagi dasturlar, GIS MapInfo Professional, 
AutoCAD Map 3D, Geomedia Professional, Panorama, RemoteView, 
Bentley Map, Erdas Imagine kabilar kiradi. 
2.
Ochiq kodli dasturlar. 
Mazkur bepul geoaxborot tizimi dasturlariga 
Quantum GIS (QGIS), GRASS GIS, gvGIS, ILWIS, JUMP GIS
MapWindow GIS, SAGA GIS, Capaware, FalconView, Kalypso, 
TerraView, Whitebox GIS kiradi. 
ArcView dasturiy tizimi. 
ArcView ESRI kompaniyasining dasturi boʻlib, 
bu dastur avlod sifatida bir necha seriyalar turkumida ishlab chiqiladi. ArcView 
dasturining ilk avlodi 1993-yili Arc/Info tizimi uchun qoʻshimcha sifatida 
yaratildi va bu dastur ommaviy ravishda foydalanuvchilar uchun moʻljallangan. 
ArcView kartografik ma’lumotlarni yaratish, tahlil qilish va tasvirlash uchun juda 
qulay dastur hisoblanadi. ArcView ning birinchi va ikkinchi versiyalari ma’lum 
hudud boʻyicha tarqalgan geografik ma’lumotlar (obyekt va hodisalar) ni koʻrish va 
tahlil qilish uchun eng oddiy va shu bilan birga samarali dastur sifatida ishlab 
chiqilgan. Bu dasturni qoʻllash sohalari turlicha, ya’ni biznes va fan, ta’lim va 
boshqaruv, ijtimoiy soha, demografik va siyosiy izlanish, sanoat, ishlab chiqarish 
va ekologiya, transport va neft-gaz sanoati, yerdan foydalanish va kadastr hamda 
boshqa sohalardir. 



Yüklə 0,57 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   25




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin