Geoaxborot tizimining ilmiy
asoslari
22
Infratuzilma va jarayonlar –
geoaxborot amallarini bajarish uchun zarur
boʻladigan moddiy, tashkiliy va boshqaruv jarayonlarini oʻz ichiga oladi.
Infratuzilma deganda zaruriy malaka, ma’lumot standartlari, ma’lumotni saqlash
joylari va umumiy tashkiliy masalalar tushuniladi.
1.6-rasm.
Geoaxborot tizimining tarkibiy qismlari
(Manba: Muallif)
GATning funksional imkoniyatlari
– GAT va mos dasturiy vositalarning
funksiyalari toʻplami boʻlib, ular quyidagilardir:
•
Ma’lumotlarni kompyuter xotirasiga mavjud raqamli ma’lumotlar toʻplami
yoki raqamlashtirish yoʻli orqali kiritish.
•
Ma’lumotlarni bir formatdan ikkinchi formatga aylantirish, kartografik
proyeksiyalarni transformatsiyalash, koordinata sistemasini oʻzgartirish orqali
ma’lumotlar turini oʻzgartirish.
•
Ichki va tashqi ma’lumotlar bazasida ma’lumotlarni saqlash, boshqarish.
•
Kartometrik operatsiyalar.
•
Foydalanuvchining shaxsiy sozlash (настройка) vositalari.
Dostları ilə paylaş: