Geoaxborot tizimining ilmiy asoslari 10
ma’lumotlari, nivelirlash ma’lumotlari asos boʻlib xizmat qiladi.
Vektor format deganda kartografik axborotlarni yoʻnalishi va uzunligiga
ega boʻlgan vektor koʻrinishda tasvirlash tushuniladi.
Rastr format deganda kartografik ma’lumotlarni matritsa yoki katakchalar
koʻrinishida tasvirlash tushuniladi.
Rastr – bu oʻzining koordinata sistemasiga va har biri oʻzaro
bogʻlanmagan xarakterga ega boʻlgan kataklar jamlanmasidir.
Elektron kartalar – bu dasturiy qabul qilingan kartalarni proyeksiyalash va
shartli belgilar tizimi kabi texnik vositalar yordamida tasvirlangan hamda dasturiy
boshqarish mumkin boʻlgan kartografik tasvir. Bu turdagi kartalar raqamli
karta yoki geoaxborot tizimining ma’lumotlar bazasiga asoslanib yaratiladi.
Stereoskop – bu relyefli joyning tasviri tushirilgan ikkita bir xil suratni
koʻruvchi va oʻsha joyning past - balandliklarini koʻrsatib beruvchi optik qurilma.
Agar biz qurilma yordamida tasvirlarga qarasak, undagi oʻxshash nuqtalarni
birlashtirib, umumiy bir surat holiga kelguncha yaqinlashtirib boraveramiz.
Shundan keyin oʻsha joyning relyefini koʻrishimiz mumkin boʻladi. Koʻzlar
orasida interval (masofa) qanchalik katta boʻlsa, ikki suratning farqi va relyefni
koʻrish imkoniyati shunchalik yuqori boʻladi.
Bunday asboblar turlicha boʻladi. Raqamli fotogrammetriyada
stereoskopning bir necha turlari ishlatiladi. Ulardan eng keng tarqalgani bu
koʻzoynak koʻrinishidagi va suratlar ustiga qoʻyilib koʻriladigan stereoskopdir.
Koʻzoynak koʻrinishidagi stereoskop orqali stereoskopik yoki uch oʻlchamli
tasvir kompyuter ekranidagi raqamli suratlarni yonma-yon qoʻyish orqali hosil
qilinadi. Bunday koʻrish usuli GATda rangli rejimda ishlash ham deyiladi, ya’ni
bu qurilma joyning relyefini rangli tasvirlar orqali koʻrsatib beradi. Bu koʻzoynak
linzalari 2 xil – qizil va koʻk ranglarda boʻladi. Masalan, chap tarafdagi rasm qizil
rangda, oʻng tarafdagi rasm esa koʻk rangda olinadi.
Yuqorida ta’kidlaganimizdek, ikki turli xil nuqtalardan olingan ayni bir
joyning surati orqali oʻsha joyning uch oʻlchamli tasvirini uning relyeflari bilan
birgalikda koʻrishimiz mumkin. Bunday koʻrinish ayniqsa kompyuter bilan
ishlaganda juda qoʻl keladi, ya’ni biz kartadagi past-balandliklarni aniq koʻra
olamiz va shu asosda gorizontallarni aniq belgilashimiz mumkin boʻladi.
Stereotasvir hosil qilishning bir nechta turlari mavjud boʻlib, bu
qurilmaning ishlash salohiyati va xususiyatlariga bogʻliq boʻladi. Raqamli
fotogrammetriyada stereoskop har doim ham ishlatilmaydi. Uning oʻrniga
avtomatik uch oʻlchamli tasvir hosil qilib beruvchi dasturlardan ham foydalanish
mumkin. Bunday dasturlarga ulardan eng keng qoʻllaniladigani MatLAB va har
bir dastur ichida uch oʻlchamli tasvir hosil qiluvchi kichik dasturlarni kiritishimiz
mumkin. Stereoskopik jarayonda uch oʻlchamli koʻrinish inson miyasida qayta
ishlanib hosil qilinsa, kompyuterga oʻrnatilgan maxsus stereoskop orqali hosil
qilinadigan tasvir kompyuter miyasi yoki tizimida qayta ishlanib, monitorda hosil
qilinadi.
Qatlam – bu bir turdagi vektor grafik ma’lumotlar toʻplami hisoblanib, u
nuqtaviy, chiziqli, poligonli boʻladi. Jadval ma’lumotlarni tasvirlashning asosiy
usuli bu kartalardir.
ArcView kartasi bir nechta qatlamlardan iborat boʻlishi mumkin.