Geoaxborot tizimining ilmiy asoslari geoaxborot tizimining ta’rifi



Yüklə 0,57 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə11/25
tarix30.09.2023
ölçüsü0,57 Mb.
#151049
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   25
Geoaxborot tizimi tarixi

Geoaxborot tizimining ilmiy 
asoslari
 
11 
ArcView dasturidagi vektor qatlamlar obyekt jadvalidan tashqari oyna 
kartasida rastr, mavzuli va kosmetik qatlam koʻrinishida koʻrsatilishi mumkin. 
Kosmetik qatlamlar har doim karta oynasining eng tepasida joylashgan boʻlib, oʻz 
ichiga maxsus vaqtinchalik jadvalda joylashgan ma’lumotlarni oladi. 
Jadval 
– ArcView dasturining asosiy axborot birligi. Jadvalning oddiy 
tushunchasidan farqlanib, u ArcView dasturida qatlam bazaviy ma’lumotlar 
jadvaliga bogʻlanganligi va mavjudligidan kartaga mos keladi. Bazaviy 
ma’lumotlar jadvalidagi har bir qator grafik obyektlar haqida ma’lumotga ega. Har 
bir jadval ustuni esa aniq atributga ega boʻladi. 
Axborotlarning bunday koʻrinishdagi ma’lumotlari yuqori grafik uchun 
statistik vizuallash, iqtisodiy va boshqa fazoviy-vaqtli usullarni qoʻllashga, bu esa 
geografik obyektlarni diagramma va grafiklarda aniq koʻrsatishga imkon yaratadi. 
Har bir qatlamga bittadan jadval mos keladi. ArcView dasturida jadvalni tasvirlash 
uchun roʻyxat iborasi qoʻllaniladi. 
Ishchi konfiguratsiya 
– ma’lumotlar umumiyligi (jadval va qatlam), 
murakkab karta (kartografik kompozitsiya) yaratish uchun imkon beruvchi holat. 
Ishchi konfiguratsiya quyidagilarni oʻzida saqlash imkoniyatiga ega: jadval, oyna, 
yordamchi oyna hamda ularning ekranda joylashuvi. ArcView dasturida 
foydalanuvchi ishchi stoli oynasini saqlashi va ishni keyingi seansda olishi 
mumkin. 
Ishchi konfiguratsiya ishga tushirilgandan soʻng barcha jadvallar va 
oynalar ochiladi, chunki ishchi konfiguratsiya saqlanayotgan vaqtda ular ochilgan 
boʻlib, barcha oynalar shu roʻyxat boʻyicha tartibga keltiriladi va joylashtiriladi
shundan soʻng terma saqlanayotgan vaqtdagi holatiga qaytadi. 
Legenda 
– shartli belgilar roʻyxati boʻlib, karta yoki grafikada qoʻllaniladi. 
Hisobot
– grafik ma’lumotlarning umumiyligi boʻlib, xulosani nashrga berish
uchun moʻljallangan. Hisobot bir nechta oynadan iborat boʻlib, kartalar
yozuvlar, grafiklar va qoʻshimcha ma’lumotlarni oʻz ichiga oladi. 
Geokodlash 
– bu kartaga mos keladigan obyektlarga biriktirilgan bazaviy 
ma’lumotlarning axborot joylashuvi tizimi. Jadval qatlam umumiyligini 
ta’riflaydigan obyektlar, yozuvlardan iborat geografik ma’lumot (masalan, 
mamlakat nomi, viloyat, shahar yoki ularning manzili) va sonlardan iborat. 
Geokodlashda ArcView dasturi bu ma’lumotlarni tanlaydi va mavjud
ma’lumotlar joylashuvi orqali ularni birlashtiradi hamda kartada obyektni 
koʻrsatish va bogʻlanishni amalga oshirishda koʻmaklashadi. 

Yüklə 0,57 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   25




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin