Geoaxborot tizimining ilmiy asoslari 27
Ushbu dasturning keyingi avlodlari chiqishi bilan undagi funksiyalar ham
tobora oshib boradi. Masalan, ikkinchi avlod vakilida geografik elektron jadvallar
bilan ishlash, qaror qabul qilish va statistik ma’lumotlarni jadval koʻrinishida
kiritish imkoniyatlari mavjud boʻlsa, uchinchi avlodida fazoviy tahlil va
modellashtirish kabi funksiyalar bilan boyitilgan. Hozirgi kunda sanoatda va ishlab
chiqarish sohasida ArcView dasturining toʻqqizinchi avlodi ishlatib
kelinmoqda va u yuqoridagilardan koʻra koʻproq funksiyalar bilan toʻldirilgan
hamda ishlash tezligi ham oshirilgan.
ArcView dasturi quyidagi vazifalarni bajarish uchun moʻljallangan:
•
kartalarni yaratish va tahrir qilish;
•
kartalarni vizuallashtirish va loyihalash;
•
mavzuli kartalar yaratish;
•
geografik va semantik ma’lumotlarni fazoviy hamda statistik tahlil qilish;
•
geokodlash;
•
ma’lumotlar bazasi bilan ishlash;
•
karta hisoboti va xulosalarini printer, plotter yoki grafik fayllarga oʻtkazish.
ArcView dasturidan fazoviy ma’lumotlar bilan ishlashda foydalanish
mumkin. Dasturning asosiy xususiyati – jadval koʻrinishida oddiylik bilan ishga
tushishi, dBASE tipidagi fayllar va server ma’lumotlar bazasidan ma’lumotlarni
tasvirlashda, qayta ishlashda ularni yaxshi tushunish va tahlil etishdir.
ArcView dasturi quyidagi xususiyatlarga ega:
1.
Oʻzlashtirilishi oddiy. ArcView dasturida foydalanuvchi uchun
tushunarli va qulay interfeys yaratilgan hamda kartografik qayta oʻzgartirish
berilgan boʻlsa ham u berkitilgan. Operatsiyalar tushunarli va oddiy boʻlib,
bazaviy ma’lumotlar bilan ishlash imkoniyatiga ega. Kartografik ish stolini
oʻzlashtirish uchun bazaviy ma’lumotlar bilan ishlash ish tajribasiga ega boʻlish
lozim.
2.
Ma’lumotlar oynasini 3 xil koʻrinishda va xohlagan miqdorda koʻrish
mumkin: karta oynasi, roʻyxatlar va grafiklar.