Geoaxborot tizimining ilmiy asoslari geoaxborot tizimining ta’rifi



Yüklə 0,57 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə22/25
tarix30.09.2023
ölçüsü0,57 Mb.
#151049
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   25
Geoaxborot tizimi tarixi

Geoaxborot tizimining ilmiy 
asoslari
 
32 
ArcCAD tizimi.
ArcCAD atrof-muhit tizimini oʻrganish instituti 
tomonidan ishlab chiqilgan maxsus dastur boʻlib, bu dastur bizga ma’lum boʻlgan 
ikki dastur – AutoCAD va ARC/INFO dasturlarini birlashtirish orqali yaratilgan. 
Bunda shuni nazarda tutish kerakki, ArcCAD dasturi orqali AutoCAD 
ma’lumotlarini Arc/Info dasturiga oʻzgartirib boʻlmaydi. U toʻgʻridan toʻgʻri 
fazoviy ma’lumotlarni Arc/Info dasturi formatida yaratadi. Bu esa, oʻz navbatida, 
texnologik jihatdan ArcCAD ning ARC/Info ga moslashganligini koʻrsatadi. 
Bunday birlashtirish orqali bu dastur qanday yutuqlarga erishdi? Ular 
quyidagilardan iborat: 

ArcCAD ham, Arc/Info ham AutoCAD tizimi orqali yaratilgan fayllarni 
oʻqiy oladi;

bu tizim orqali yaratilgan ma’lumotlar keyinchalik Arc/Info va AutoCAD 
ning kelgusi ma’lumot qayta ishlovida qoʻllanilishi mumkin;

ArcView dasturi orqali ArcCAD ma’lumotlarini koʻrish, ekranda tasvirlash 
va tahlil qilish mumkin;

ArcCAD dBASE turkumidagi fayllar boʻlmish DXF, ASCII, IGES 
formatdagi ma’lumotlarni ham oʻqiy olishi mumkin;

ArcCAD orqali foydalanuchi Arc/Info dasturiga tegishli boʻlgan barcha 
qoʻshimcha xizmat turlaridan foydalanishi mumkin.
ArcCAD topologik tuzilish orqali ma’lumotlarni yaratish, toʻgʻrilash va 
boshqarish kabi GAT vazifalarini qamrab oladi. Bu dasturiy tizim oʻzida GATga 
mos buyruqlar yigʻindisiga ega. 
ArcCAD tizimining foydalanuvchiga moʻljallagan interfeysi orqali 
poligonlar overley operatsiyasi, chiziq va nuqtalarni poligonlarga joylashtirish, 
bufer zonalarni yaratish, keraksiz chegara chiziqlarni olib tashlash va boshqa 
operatsiyalar amalga oshiriladi. Bu tizimda shartli belgilar asosida avtomatik 
ravishda shartli belgilarni yaratish ham amalga oshirilishi mumkin. Bunda 
ma’lumotlar bazasida saqlanayotgan atribut va interaktiv ravishda foydalanuvchi 
tomonidan kiritilgan ma’lumotlardan foydalaniladi. Bu tizim orqali karta va 
ma’lumot bazasini bogʻlash mumkin va bunda grafik interfeysli ma’lumotlar 



Yüklə 0,57 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   25




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin