Geoaxborot tizimining ilmiy asoslari 33
bazasini boshqaruvchi tizim yaratiladi. Geoaxborot ma’lumot bazasidan ma’lumot
olinishi yoki kartaning oʻzida kerakli joyga buyruq berib ham olinishi mumkin.
Bundan tashqari, toʻgʻridan toʻgʻri ma’lumot bazasining ichidan ham olinishi
mumkin.
Tizim raqamli kartadagi har bir obyektning geofazoviy bogʻlanishlarini
aniqlaydi, bu esa, oʻz navbatida, bitta hududdan ikkinchi hududga oʻtish
imkoniyatini beradi. Bu kabi pozitsion va fazoviy ma’lumotlarga bogʻliqlik
ma’lumotlarni qoʻshish yoki kartografik xarakterlarni belgilash orqali yangi
ma’lumotlar bazasini yaratish yoki yangilash imkoniyatini beradi. Bunday
texnologiya GATda fazoviy tahlil deb ataladi va koʻplab muhandislik va biznes
ishlarida qoʻllaniladi.
ArcCAD ma’lumot bazasini chizma va CAD rasmlardan alohida holda
shakllantiradi, chunki CAD orqali yaratilgan chizmalar GAT uchun kerak
boʻladigan umumiy ma’lumotlarni oʻzida saqlash imkoniyatiga ega emas.
Shuning uchun ArcCAD bu yerda qimmatli geoaxborot tizimi hisoblanadi.
ArcCAD tizimi CAD tizimni shaxsiy kartalarni yaratish va tahrir qilish
uchun ishlatadi. Agar foydalanuvchi AutoCAD dasturiga ega boʻlsa, u holda
ArcCAD mavjud chizmalar va rasmlarni GATga mos formatga oʻzgartira oladi. MS
Windows yordamida elektron jadval va geoaxborot ma’lumotlar bazasini oʻzaro
bogʻlash mumkin. ArcViewni Windowsda qoʻllash orqali ArcCAD orqali hosil
qilingan geoaxborot ma’lumotlarining soʻrovini tashkil qilish mumkin.
„Panorama” elektron kartalar tizimi. „Panorama” geodeziyaning amaliy
masalalarini hal qilishga moʻljallangan dastur hisoblanadi. Bu dastur yordamida
raqamli va elektron kartalarni yaratish hamda ularni qayta ishlash mumkin. Bu
dasturning boshqa dasturlardan qulayligi GPS va elektron taxeometrlardan olingan
ma’lumotlarni qayta ishlashda boʻlsa, noqulayliklaridan biri – dastur yordamida
fazoviy tahlil ishlarini bajarib boʻlmasligidir.
Bu dastur yordamida:
•
kartografik ma’lumotlar bazasini tashkil qilish;
•
atribut ma’lumotlar bazasini tashkil qilish;