Mehnat va ish haqi hisobi



Yüklə 311,84 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə5/7
tarix30.09.2023
ölçüsü311,84 Kb.
#151064
1   2   3   4   5   6   7
5 MAVZU Мехнат хаки

Tarif stavkasi 
— ish vaqti uchun toManadigan mehnat haqi miqdorini pul 
ko‘rinishida ifodalanishidir.
Tarif setkasi 
- bu razryadlar va ularga tegishli bo‘lgan tarif koeffitsiyentlari 
ko‘rsatiladigan hujjatdir.
Lavozim maoshi 
- bu xodim tomonidan to‘liq ishlab berilgan oy uchun ish 
haqi miqdoridir. Odatda, lavozim maoshlari mehnati vaqtbay usulda 
to‘lanadigan ishchilarga o‘matiladi.
Xususiy tadbirkorlik byudjet sohasidan farqli o‘laroq mustaqil ravishda 
mehnat haqining shakli va tizimini, mukofotlami, ustamalarni, qo‘shimcha 
to‘lovlarni va rag‘batlantirish to‘lovlarini mustaqil belgilashi mumkin. Davlat 


tarif stavkalari va okladlarini hodimlaming lavozimi, malakasi va ular 
bajaradigan ishning murakkabligidan kelib chiqib mehnatga haq to‘lashni 
tabaqalashtirishda baza sifatida foydalanish mumkin.
Korxonalar mehnatga haq to‘lash shakllari va tizimini mustaqil belgilaydilar.
5.1-rasm. 
Mehnatga haq to‘lash shakllari
To‘g‘ri ishbay 
shaklida ish haqi belgilangan ishbay narxlarga muvofiq 
haqiqatdan bajarilgan ish (mahsulot tayyorlash) bo‘yicha aniqlanadi. 
Masalan, ishchi bir oyda 110 ta mahsulotni bitkazdi. Har bir mahsulotga 
10000 so‘m narx belgilangan. Mehnatga haq toMashning oddiy ishbay 
shaklida ish haqi belgilangan ishbay narxlarga muvofiq haqiqatdan bajarilgan 
ish bo‘yicha aniqlanadi. 0‘z navbatida, ishchining oylik ish haqi 1100000 
so‘mni (110x10000) tashkil etadi.
Mehnatga haq to‘lashning 
ishbay — mukofot shaklida 
ish haqini 
hisoblashda oddiy ishbay narxlardan tashqari belgilangan ko‘rsatkichlami 
bajarganligi yoki ortig‘i bilan bajarganligi uchun qo‘shimcha ravishda 
mukofot hisoblanadi. Ishbay ish haqiga asosan mukofot haqiqatda ishlagan 
vaqtga nisbatan hisoblanadi. Masalan, ishchi bir oyda 120 dona buyum ishlab 
chiqardi, buyumning mehnat sig‘imi - 1,7 kishi/soat, mahsulot birligining 
narxi 10000 so‘m; ishlab chiqarish normasini bajarish bo‘yicha ishbay ish 
haqidan 5%, har bir normadan ortiqcha bajarilgan foizga ishbay ish haqidan 
1% mukofot nazarda tutilgan. Ishchi 8 soatdan 24 smena ishladi. 0‘z 
navbatida ishbay ish haqi 1200000 so‘mni (120x10000) tashkil etdi.
Qismlami qayta ishlashga 192 soat (8 soatdan 24 smena) sarflangan.
Buyumning mehnat sig‘imi - 1,7 kishi/soat, shu sababdan vaqt normasi 
106,3% ((120xl,7)/(24x8)xl00) bajarilgan.
Normani bajarganligi uchun ishbay ish haqidan 5% miqdorida, ya’ni 60000 
so‘m (1200000x5%) mukofotni to‘lash talab etiladi. Reja 6,3% ga ortig‘i 
bilan bajarilganligi uchun qo‘shimcha ravishda yana mukofot 75600 so‘m 
(1200000x6,3%) to‘lanadi.


Ishchining umumiy ish haqi 1335600 so‘mni (1200000+60000+75600) 
tashkil etadi. 

Yüklə 311,84 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin