majburiy mehnat deb hisoblanmaydi. Mehnat Kodeksi mehnat huquqlari va burchlarining vujudga kelishi yoki
bekor bo‘lishi bilan bog‘laydigan muddatning o‘tishi uning boshlanishi
belgilangan kalendar kunining ertasidan e’tiboran boshlanadi.
Jamoa shartnomasi — korxonada ish beruvchi bilan xodimlar o‘rtasidagi
mehnatga oid, ijtimoiy-iqtisodiy va kasbga oid munosabatlarni tartibga
soluvchi normativ hujjatdir.
Jamoa kelishuvi — muayyan kasb, tarmoq, hudud xodimlari uchun mehnat
shartlari, ish bilan ta’minlash va ijtimoiy kafolatlar belgilash borasidagi
majburiyatlarni o‘z ichiga oluvchi normativ hujjatdir.
Jamoa shartnomalari va kelishuvlari xodimlar bilan ish beruvchilarning
mehnatga oid munosabatlarini shartnoma asosida tartibga solishga va
ulaming ijtimoiyiqtisodiy manfaatlarini muvofiqlashtirishga yordam berish
maqsadida tuziladi.
Unumli va ijodiy mehnat qilishga bo‘lgan o‘z qobiliyatlarini tasarruf etish va
qonun hujjatlari bilan taqiqlanmagan har qanday faoliyat bilan shug‘ullanish
har kimning mutlaq huquqidir. Ixtiyoriy ravishda ish bilan band bo‘lmaslik
javobgarlikka tortish uchun asos bo‘lolmaydi.
Har kim ish beruvchiga bevosita murojaat qilish yoki mehnat organlarining
bepul vositachiligi orqali ish joyini erkin tanlash huquqiga egadir.
Ishsizlar — o‘n olti yoshdan to pensiya bilan ta’minlanish huquqini
olishgacha bo‘lgan yoshdagi, haq to‘lanadigan ishga yoki daromad
keltiradigan mashg‘ulotga ega bo‘lmagan, ish qidirayotgan va ish taklif etilsa,
unga kirishishga tayyor bo‘lgan yoxud kasbga tayyorlashdan, qayta
tayyorlashdan o‘tishga yoki malakasini oshirishga tayyor bo‘lgan mehnatga
layoqatli shaxslar (bundan ta’lim muassasalarida ta’lim olayotganlar
mustasno).
Birinchi marta ish qidirayotgan, kasbi (mutaxassisligi) bodmagan shaxslar
uchun dastlabki kasb tayyorgarligini talab qilmaydigan ish, bunday ishni
topib berish imkoniyati bo‘lmagan taqdirda esa, ularning yoshi va boshqa
xususiyatlarini hisobga olgan holda haq toManadigan boshqa ish, shu
jumladan vaqtinchalik ish