joyining transportda qatnash jihatidan qulayligini inobatga oluvchi ish
maqbul keladigan ish deb hisoblanadi.
Ishsizlik nafaqasi ishsiz deb e’tirof etilgan shaxsga u ish qidirayotgan shaxs
sifatida mahalliy mehnat organida ro‘yxatdan o‘tgan kundan e’tiboran
tayinlanadi. Qaramog‘ida uchtagacha kishi bo‘lgan, o‘ttiz besh yoshga
to‘lmagan ishsiz erkakka ishsizlik nafaqasi u haq toianadigan jamoat ishlarida
0‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadigan
tartibda ishtirok etgani taqdirda tayinlanadi. Ishsiz shaxsning nafaqa olish
huquqi u ish qidirayotgan
shaxs sifatida ro‘yxatdan o‘tgan paytdan boshlab kechi bilan o‘n birinchi
kundan e’tiboran kuchga kiradi. Ishsizlik nafaqasi ko‘pi bilan:
-
ishdan va ish haqidan (mehnat daromadidan) mahrum bo‘lgan yoki
uzoq (bir yildan ortiq) tanaffusdan keyin mehnat faoliyatini qayta boshlashga
harakat qilayotgan shaxsga o‘n ikki oylik davr mobaynida yigirma olti
kalendar hafta;
-
- ilgari ishlamagan va birinchi marta ish qidirayotgan shaxsga esa o‘n
uch kalendar hafta mobaynida to‘lanadi.
Mehnat shartnomasi
xodim bilan ish beruvchi o‘rtasida muayyan
mutaxassislik, malaka, lavozim bo‘yicha ishni ichki mehnat tartibiga
bo‘ysungan holda taraflar kelishuvi, shuningdek mehnat to‘g‘risidagi
qonunlar va boshqa normativ hujjatlar bilan belgilangan shartlar asosida haq
evaziga bajarish haqidagi kelishuvdir. Xodim va ish beruvchi mehnat
shartnomasining taraflari bo‘lib hisoblanadilar. Mehnat shartnomasini tuzish
haqidagi kelishuvdan oldin qo‘shimcha holatlar (tanlovdan o‘tish, lavozimga
saylanish va boshqalar) bo‘lishi mumkin.
Mehnat shartnomasining mazmuni taraflar kelishuvi bo‘yicha, shuningdek
mehnat to‘g‘risidagi qonunlar va boshqa normativ hujjatlar bilan belgilanadi.
Mehnat shartnomasi taraflarining kelishuvi bilan quyidagilar belgilanadi:
-ish joyi (korxona yoki uning bo‘linmasi);
—xodimning mehnat vazifasi — mutaxassisligi, malakasi, u ishlaydigan
lavozim; —ishning boshlanish kuni;
-mehnat shartnomasi muayyan muddatga tuzilganda uning amal qilish
muddati; mehnat haqi miqdori va mehnatning boshqa shartlari.
Dostları ilə paylaş: