M. G. Safin, yu. S. Ruziyev, B. S. Aliqulov biologik faol va dorivor moddalar biotexnologiyasi


 Fitobakteriomitsinni ajratib olish texnologiyasi



Yüklə 1,74 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə42/84
tarix01.10.2023
ölçüsü1,74 Mb.
#151398
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   84
 
6.6. Fitobakteriomitsinni ajratib olish texnologiyasi

Fitobakteriomitsin streptotritsin guruhiga kiradigan antibiotik bo`lib o`zining 
ko`p komponentligi bilan ajralib turadi. Uning tarkibiga 7 ta komponent kiradi. 
Kimyoviy tuzilishi jihatidan asos hisoblanib kuchli kislotalar bilan tuz hosil qiladi. 
Toza holda och-sarg`ish rangli amorf kukun, suvda eriydi, etanol va metanolda kam 
eriydi va ko`p organik erituvchilarda amaliy jihatdan erimaydi. Ko`p grammusbat va 
grvammanfiy bakteriyalar hamda mikroskopik zamburug`larga nisbatan yuqori 
darajadagi bakterotsid xossani namoyon qiladi. Fitobakteriomitsinning produsenti 
Actinomyces lavendulae
zamburug`i hisoblanadi. Antibiotikni ajratib olish 
texnologiyasi 
uni 
sulfatli 
tuz 
ko`rinishiga 
o`tkazishni 
taqazo 
qiladi. 
Fitobakteriomitsin asosida tayyorlanadigan preparatlar dust va har xil konsentratsiyali 
suspenziyalar tarzida ishlab chiqariladi, ular fitopatogen bakteriyalar va mikroskopik 
zamburug`larga qarshi, xususan loviya va soya bakteriozlari, g`o`za kasalliklari
bug`doyning ildizini chirish kasalliklariga qarshi kurashda qo`llaniladi. Bu preparat 
o`simlikning o`sishini stimullaydi, ularning rivojlanishini tezlashtiradi va natijada 
hosildorlikni 10-15 % ga oshiradi. Produsentning dastlabki materialini tarkibida 1 % 
gacha glyukoza bo`lgan agarlashtirilgan muhitda saqlanadi. Zamburug`ni dastlab 
probirkalarda, so`ng kolbalarda va bundan keyin ekib ko`paytirish apparatlarida 
o`stiriladi. Produsentni o`stirib ko`paytirishning hamma bosqichlarida bir xil oziqa 
muhitidan foydalaniladi. Uning tarkibi ( % hisobida): glyukoza-1; kraxmal-1,5; 
makkajo`xori ekstrakti-0,5 (quruq massa hisobida); natriy xlorid-0,5; ammoniy 
sulfat-0,35; kalsiy karbonat-0,5; qolgan qismi suvdan tashkil topadi. Produsentni 
o`stirish uchun optimal harorat 26-28 
0
C ni tashkil qiladi. Produsentni o`stirish 
apparatida va sanoat ishlab chiqarishi miqyosida 
fermentyorda o`stirib 
ko`paytirganda ko`pik hosil bo`lishini oldini olish uchun oziqa muhitiga ko`pik 
so`ndirgich kiritish talab qilinadi, bu maqsadda 0,5 % miqdorda kashalotning 
yog`idan yoki o`simlik moyidan foydalansa bo`ladi. 
Fitobakteriomitsinni ajratib olish va tozalash ion-almashinuvi xromatografiyasi 
uslubida amalga oshiriladi. Buning uchun produsent o`stirilgan suyuqlikka otquloq 
kislota bilan ishlov beriladi, bu ion-almashinuvi xromatografiyasini o`tkazishga 
xalaqit berishi mumkin bo`lgan kalsiy ionlaridan xolis bo`lish imkonini beradi. 
Bunda kalsiy oksalatning cho`kmalari produsent mitsellalari bilan birga cho`kmaga 
tushadi, qolgan suyuqlikni esa ichiga ammoniyli shaklga keltirilgan kationit KB-
4P-2 to`ldirilgan ion-almashinuvi kolonkalari tomon yo`naltiriladi. Kolonkadan 
adsorbsiyalangan antibiotik undan sulfat kislotaning 0,3 M eritmasi yordamida 
elyutsiyalanadi. Ajratib olingan elyuatning o`rtacha faolligi 50-60 ming birlik/ml ni 
tashkil qiladi. Fitobakteriomitsin sulfatning pH ko`rsatkichi 1,0 dan 2,0 gacha bo`lib, 
unga pH 6,0 ga teng gidroksil shaklga o`tkazilgan anionit EDE-10 li statistik 
sharoitda ishlov beriladi. Bunda ion-almashinuv sorbentini sarfi 1 l elyuat uchun 80-
90 g ni tashkil qiladi. Anionitni ishlatib bo`lgandan keyin filtrlash yo`li bilan ajratib 
olinadi, elyuatlarni esa vakuumda 70-80 
0
C da quritiladi. Kationitga sorbsiyalangan 


- 61 - 
fitobakteriomitsinning 70-80 % ni ajratib olish mumkin bo`ladi. Quruq 
fitobakteriomitsinning 
faolligi 
3-4 
ming 
birlik/mg 
ga 
yetadi. 
Sanoatda 
fitobateriomitsindan tashqari boshqa antibiotik-polimitsinni ishlab chiqarish ham 
yo`lga qo`yilgan, u ham xuddi bakteriomitsin kabi qo`llaniladi. Bu antibiotikni 
produsenti 
Actinomyces polimicini
zamburug`i hisoblanadi. Tayyor preparatlarni 
toza antibiotik holatida 50-200 g dan yaxshi mahkamlanadigan shisha idishlarga solib 
yoki uni 5 % ni koalinga aralashtiriladi va 200 g dan etib germetik polietilen 
xaltachalarga solib dust kabi qadoqlanadi. 
Preparatlar ekishdan oldin urug`larga ishlov berish uchun yoki o`simliklarni 
vegetativ organlariga ishlov berishda 0,005-0,01 % li eritma tarzida foydalaniladi. 

Yüklə 1,74 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   84




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin