- 63 -
entomopatogen preparatlar tabiiy sharoitlarda ishlab chiqilganligi va yana qaytadan
tabiiy sharoitlarga mikrob patogen sifatida qaytarilganligi
sababli biosenozlarda
noqulay o`zgarishlarni yuzaga chiqarmaydi hamda xududning ekologik holatini ham
izdan chiqarmaydi. Bu narsa ularni an`anaviy ishlatilib kelinayotgan kimyoviy
insektisidlardan istiqbolli ekanligini isbotlaydi. Mikrobiologik sanoat ishlab
chiqarishi tomonidan ishlab chiqariladigan entomopatogen preparatlarni uch guruhga
bo`lish mumkin:
1.
Bacillus thuringiensis
negizida ishlab chiqariladigan - entobakterin-
3,dendrobatsillin, insektin, toksobakterin.
2.
Beauveria bassiana
zamburug`i negizida ishlab
chiqariladigan - boverin
preparati.
3.
Yadro poliedrozi
virusi negizida ishlab chiqariladigan - virin-ENSH, virin-
EKS preparatlari.
Hamma mikrobli preparatlar namlanadigan kukun yoki pasta, ba`zan dust,
granula, kapsulalashtirilgan kukun, kristall holatlarda ishlab chiqariladi.
Dostları ilə paylaş: