- 131 -
Genlarni klonlash
- ko`zlangan DNK bo`lagini
vektorlar vositasida
ko`paytirish.
Gibridoma
- limfosit yoki har qanday normal hujayra bilan rak
hujayrasining qo`shilishi
natijasida hosil qilingan, tez
bo`linuvchi duragay hujayralar to`plami.
Gigromitsin
- zamburug`larning hayotiy faoliyati asosida ishlab
chiqariladigan antibiotik modda.
Grizin
- zamburug`lar asosida olinadigan streptotritsinlar
guruhiga kiruvchi antibiotik.
Immunitet
- organizmning virus va mikroblardan iborat bo`lgan
infeksion
manbalar, shuningdek noinfeksion tabiatli
qator organik moddalarga nisbatan chidamliligi.
Immobilizatsiyalangan hujayralar
– biron bir organik asos (gel, membrana, tolalar)
ga birikkan hujayralar.
Immobilizatsiyalangan fermentlar
– molekulasi u yoki bu yo`sinda ma`lum bir
asosga birikish orqali hosil qilingan ferment preparati.
Interferonlar
- umurtqali hayvonlar hujayralari tomonidan
sintezlanadigan virusli
infeksiyaga qarshi ishlab
chiqariladigan va hujayralarning virusga qarshiligini
keltirib chiqaradigan oqsillar.
Kallus to`qima
- hujayraning bo`linishidan hosil bo`lgan,
deyarli
ixtisoslashmagan hujayralar to`plami.
Klon
- bitta hujayradan hosil bo`lgan irsiy jihatdan o`xshash
hujayralar to`plami.
Kodon
- DNK yoki RNK ning ma`lum aminokislota,
translyatsiyaning
boshlanishi
yoki
nihoyasini
kodlaydigan uchta nukleotiddan iborat qismi.
Dostları ilə paylaş: