Chaqiruv uchastkalarida qayd etiladigan fuqarolarni tibbiy ko‘rikdan turli yo‘nalishdagi
vrachlar, shu jumladan jarroh, terapevt, nevropatolog, psixiatr, ko‘z kasalliklari, quloq, tomoq, burun
kasalliklari, tish
kasalliklari mutaxassislari, zarurat bo‘lganda esa, boshqa ixtisosdagi vrachlar
o‘tkazadi.
Zimmasiga harbiy xizmatga majburlar va chaqiriluvchilarning ro‘yxatini
yuritish vazifasi
yuklatilgan korxonalar,
muassasalar, tashkilotlar, fuqarolarning o‘zini o‘zi
boshqarish organlari har
yili O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi tomonidan belgilangan muddatlarda tegishli tuman
(shahar) mudofaa ishlari organlariga chaqiruv uchastkalarida qayd etilishi lozim bo‘lgan
fuqarolarning ro‘yxatini beradilar.
Chaqiriluvchilarga chaqiriluvchining qayd etilganligi to‘g‘risidagi guvohnoma beriladi, huquq
va majburiyatlari, harbiy ro‘yxatga olish va harbiy xizmatga tayyorgarlik tartibi tushuntiriladi. Qayd
etilgan vaqtdan boshlab fuqarolar harbiy ro‘yxatga kiritiladilar.
Dostları ilə paylaş: