Umumiy harbiy majburiyat va harbiy xizmat to‘G‘risida I. Umumiy qoidalar 1-modda. Ushbu Qonunning maqsadi


-modda. Chaqiruvni o‘tkazish bo‘yicha komissiyalar



Yüklə 0,83 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə14/38
tarix02.10.2023
ölçüsü0,83 Mb.
#151479
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   38
436-II-сон 12.12.2002. Umumiy harbiy majburiyat va harb

20-modda. Chaqiruvni o‘tkazish bo‘yicha komissiyalar
Fuqarolarni muddatli harbiy va muqobil xizmatga chaqirish, safarbarlik chaqiruvi rezervidagi
xizmatga olish uchun quyidagi komissiyalar tashkil etiladi:
1) muddatli harbiy xizmatga chaqirish uchun:
Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar mudofaa ishlari boshqarmalari
huzuridagi Rahbariyat kengashi (bundan buyon matnda Rahbariyat kengashi deb yuritiladi);
Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar yig‘ish punktlarida — harbiy-
tibbiy komissiya (bundan buyon matnda harbiy-tibbiy komissiya deb yuritiladi);
tuman (shahar) mudofaa ishlari bo‘limlari huzurida Qurolli Kuchlarni butlash komissiyasi
(bundan buyon matnda butlash komissiyasi deb yuritiladi);
2) muqobil xizmatga chaqirish, safarbarlik chaqiruvi rezervidagi xizmatga olish, harbiy
xizmatga chaqirishni kechiktirish va Qurolli Kuchlar zaxirasiga o‘tkazish uchun — tuman (shahar)
mudofaa ishlari bo‘limlari huzuridagi hududiy komissiya (bundan buyon matnda hududiy
komissiya deb yuritiladi);
3) chaqiriluvchilarni tibbiy ko‘rikdan o‘tkazish, sog‘lig‘ining darajasini aniqlash va davolanishga
yuborish uchun — mudofaa ishlari bo‘limlari huzuridagi hududiy tibbiy komissiya (bundan buyon
matnda hududiy tibbiy komissiya deb yuritiladi).
 LexUZ sharhi
Qarang: Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 2-iyundagi 339-son “Muddatli harbiy xizmatni va safarbarlik
chaqiruvi rezervida xizmatni o‘tagan fuqarolarni ishga joylashtirish bo‘yicha Respublika komissiyasini
hamda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar, Toshkent shahri, tuman va shaharlar
hokimliklari huzurida tegishli komissiyalarni tashkil etish to‘g‘risida”gi
 qarori
.
Chaqiruvni o‘tkazish bo‘yicha komissiyalarning tuzilishi va faoliyatini tashkil etish tartibi
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan belgilanadi. Chaqiruvni o‘tkazish bo‘yicha
komissiyalarning shaxsiy tarkibi Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi raisi, viloyatlar,
Toshkent shahar va tumanlar (shaharlar) hokimlari tomonidan tasdiqlanadi.
 LexUZ sharhi
Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 25-dekabrdagi PQ-4076-son qarori bilan
tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlarida tinchlik va urush davrida tibbiy ko‘rikdan
o‘tkazish to‘g‘risida
 nizom
.
Harbiy va muqobil xizmatga chaqirilayotgan fuqarolar O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti
tomonidan tasdiqlanadigan O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlarida tinchlik va urush davrida
tibbiy ko‘rikdan o‘tkazish to‘g‘risidagi 
nizomga 
muvofiq majburiy tibbiy ko‘rikdan o‘tishi shart.
(20-modda O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 30-sentabrdagi O‘RQ-718-sonli 
Qonuni 
tahririda —
Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 30.09.2021-y., 03/21/718/0920-son)
Oldingi
 tahrirga qarang.

Yüklə 0,83 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   38




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin