to‘g‘ri tayinlanganligiga baho berish;
harbiy-tibbiy komissiya tomonidan sog‘lig‘ining holatiga ko‘ra
harbiy xizmatga yaroqli deb
topilgan chaqiriluvchilarni Qurolli Kuchlarning qo‘shin turlari komandalariga tayinlash yoki
tayinlamaslik to‘g‘risida qarorlar qabul qilish;
chaqiriluvchilarni muddatli harbiy xizmatga chaqirish;
chaqiriluvchilarni yig‘ish va tantanali ravishda harbiy qismlarga yuborishga doir tadbirlarni
o‘tkazish chog‘ida mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari va jamoat tashkilotlarining hamkorligini
tashkil etish;
jamoat tartibini saqlash ishlarini tashkil etish hamda butlash komissiyalari, harbiy-tibbiy
komissiyalar, hududiy tibbiy komissiyalar faoliyat olib borishi uchun joylarda
zarur shart-sharoitlar
yaratish, ularni dori vositalari, tibbiy inventarlar va boshqa moddiy-texnika vositalari bilan
ta’minlash;
muddatli harbiy xizmatga chaqirish ishlarining oshkoraligini, shuningdek chaqiruvga oid
tadbirlarning ommaviy axborot vositalarida keng yoritilishini ta’minlash;
harbiy-tibbiy komissiyalarning, butlash komissiyalarining va hududiy
tibbiy komissiyalarning
qarorlaridan norozi bo‘lgan chaqiriluvchilarning shikoyatlarini ko‘rib chiqish, shuningdek ularni
ko‘rib chiqish yakunlari bo‘yicha tegishli qarorlar qabul qilish;
muddatli harbiy xizmatchilarning Qurolli Kuchlar safidan muddatidan avval qaytarilganligi
bo‘yicha tekshiruv o‘tkazish, uning sabablarini aniqlash va yakunlari bo‘yicha tegishli chora-tadbirlar
ko‘rish.
Harbiy-tibbiy komissiyaning asosiy vazifalari quyidagilardan iborat:
butlash
komissiyasi
tomonidan
qo‘shin
turlariga
tayinlangan
chaqiriluvchilarni
chuqurlashtirilgan tibbiy ko‘rikdan o‘tkazish;
chaqiriluvchilarning hisob kartalariga shifokor-mutaxassislar tomonidan kiritilgan yozuvlar va
xulosalarning to‘g‘riligini tekshirish;
Rahbariyat kengashi raisi bilan birgalikda chaqiriluvchilarni qo‘shimcha tekshiruv va
davolashga yuborish, shuningdek ularning chuqurlashtirilgan tibbiy ko‘rikdan o‘tishni davom
ettirish uchun harbiy-tibbiy komissiyaga qaytib kelishlari ustidan nazorat o‘rnatish;
chaqiriluvchilar sog‘lig‘ining holatiga ko‘ra harbiy xizmatga yaroqliligi to‘g‘risida yakuniy tibbiy
xulosa chiqarish;
tibbiy komissiyalar faoliyatida aniqlangan kamchiliklarni tahlil qilish va bartaraf etish;
Qurolli Kuchlarni butlash yakunlariga ko‘ra tibbiy komissiyalar ishi natijalarini umumlashtirish,
tegishli hisobotni tayyorlash va belgilangan tartibda
Rahbariyat kengashi raisiga, O‘zbekiston
Respublikasi Mudofaa vazirligi va Sog‘liqni saqlash vazirligiga taqdim etish.
Butlash komissiyasining asosiy vazifalari quyidagilardan iborat:
muddatli harbiy xizmatni o‘tash uchun tavsiya etilgan va hududiy tibbiy komissiya tomonidan
harbiy xizmatga yaroqli deb topilgan chaqiriluvchilar bilan suhbat o‘tkazish, shuningdek ular
sog‘lig‘ining holatini, jismoniy tayyorgarligini, fikrlash qobiliyatini va boshqa sifatlarini inobatga
olgan holda, qo‘shin turlariga tayinlash to‘g‘risida qarorlar qabul qilish;
tegishli toifa va cheklanish darajasi bo‘yicha harbiy xizmatga yaroqlilik to‘g‘risida qabul
qilingan qarorlarni belgilangan tartibda rasmiylashtirish va chaqiriluvchilarning yig‘ma
jildlarida
saqlash;
chaqiriluvchilarni muddatli harbiy xizmatga chaqirish ishlarining oshkoraligi va xolisligini
ta’minlash;
chaqiriluvchilarni yig‘ish va tantanali ravishda harbiy qismlarga yuborishga doir tadbirlarni
o‘tkazishda joylardagi tegishli idoralar, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari va jamoat
tashkilotlarining hamkorligini tashkil etish;
chaqiriluvchilarning, ular ota-onalarining chaqiruvga oid murojaatlarini o‘z vaqtida ko‘rib
chiqish, shuningdek tegishli qarorlar qabul qilish.
Hududiy komissiyaning asosiy vazifalari quyidagilardan iborat:
chaqiriluvchilarni muqobil xizmatga chaqirish, safarbarlik chaqiruvi rezervidagi xizmatga olish,
harbiy xizmatga chaqirishni kechiktirish va Qurolli Kuchlar zaxirasiga o‘tkazish;
chaqiriluvchilarni yig‘ish,
muqobil xizmatga yuborish, safarbarlik chaqiruvi rezervidagi
xizmatga olish, shuningdek Qurolli Kuchlar rezerviga bo‘shatilgan harbiy xizmatchilarni doimiy
yashash joylariga qaytarilishiga oid tadbirlarni tantanali ravishda o‘tkazishda mahalliy ijro etuvchi
hokimiyat organlari va jamoat tashkilotlari bilan hamkorlikni tashkil etish;
chaqiriluvchilarni muddatli harbiy xizmatga va muqobil xizmatga chaqirish,
safarbarlik
chaqiruvi rezervidagi xizmatga olish, shuningdek Qurolli Kuchlar rezerviga bo‘shatilgan harbiy
xizmatchilarni doimiy yashash joylariga qaytarilishi bo‘yicha tadbirlarni tashkil etish;
chaqiruvning va komissiya faoliyatining oshkoraligini ta’minlash.
Hududiy tibbiy komissiyaning asosiy vazifalari quyidagilardan iborat:
chaqiriluvchilarni birlamchi tibbiy ko‘rikdan o‘tkazish;
psixiatriya, narkologiya, teri-tanosil dispanserlarida, sanitariya-epidemiologik
osoyishtalik va
jamoat salomatligi xizmatida, ftiziatriya va pulmonologiya markazida hisobda turadigan
chaqiriluvchilar to‘g‘risida axborot yig‘ish;
chaqiriluvchilarni qo‘shimcha tekshiruvga va davolanishga yuborish, shuningdek ularning
tibbiy ko‘rikdan o‘tishni davom ettirish uchun hududiy tibbiy komissiyaga
qaytib kelishi ustidan
nazoratni o‘rnatish;
chaqiriluvchilar sog‘lig‘ining holatiga ko‘ra harbiy xizmatga yaroqliligi to‘g‘risida xulosa berish;
hududiy tibbiy komissiya faoliyatida aniqlangan kamchiliklarni tahlil qilish va bartaraf etish;
chaqiriluvchilarni tibbiy ko‘rikdan o‘tkazish natijalari bo‘yicha hisobot tayyorlash va mazkur
hisobotni harbiy-tibbiy komissiyaga, O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligining
hududiy boshqarmasiga (organiga) hamda mudofaa ishlari boshqarmasiga taqdim etish.
Dostları ilə paylaş: