Umumiy harbiy majburiyat va harbiy xizmat to‘G‘risida I. Umumiy qoidalar 1-modda. Ushbu Qonunning maqsadi


 -modda. Rahbariyat kengashi, harbiy-tibbiy komissiya, butlash komissiyasi, hududiy



Yüklə 0,83 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə16/38
tarix02.10.2023
ölçüsü0,83 Mb.
#151479
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   38
436-II-сон 12.12.2002. Umumiy harbiy majburiyat va harb

20 -modda. Rahbariyat kengashi, harbiy-tibbiy komissiya, butlash komissiyasi, hududiy
komissiya, hududiy tibbiy komissiya tomonidan qabul qilinadigan qarorlar (xulosalar)
Rahbariyat kengashi quyidagi qarorlarni qabul qiladi:
harbiy-tibbiy komissiya tomonidan sog‘lig‘ining holatiga ko‘ra harbiy xizmatga yaroqli deb
topilgan chaqiriluvchilarni Qurolli Kuchlarning qo‘shin turlari komandalariga tayinlash yoki
tayinlamaslik to‘g‘risida;
muddatli harbiy xizmatga chaqirish haqida.
Harbiy-tibbiy komissiya quyidagi xulosalarni chiqaradi:
harbiy xizmatga yaroqlilik to‘g‘risida;
ayrim cheklovlar bilan harbiy xizmatga yaroqlilik haqida;
harbiy xizmatga cheklangan ravishda yaroqlilik to‘g‘risida;
harbiy xizmatga vaqtincha yaroqsizlik haqida;
tinchlik davrida harbiy xizmatga yaroqsizlik, urush davrida cheklangan ravishda harbiy
xizmatga yaroqlilik to‘g‘risida;
harbiy hisobdan chiqarilgan holda, harbiy xizmatga yaroqsizlik haqida.
Butlash komissiyasi muddatli harbiy xizmatni o‘tash uchun tavsiya etilgan va hududiy tibbiy
komissiya tomonidan harbiy xizmatga yaroqli deb topilgan chaqiriluvchilarni qo‘shin turlariga
tayinlash to‘g‘risida qaror qabul qiladi.
Hududiy komissiya quyidagi qarorlarni qabul qiladi:
harbiy xizmatga yaroqlilik va safarbarlik chaqiruvi rezervidagi xizmatga olish to‘g‘risida;
harbiy xizmatga yaroqlilik va muqobil xizmatga chaqirish haqida;
sog‘lig‘ining holatiga ko‘ra harbiy xizmatga vaqtincha yaroqsizlik to‘g‘risida;
ushbu Qonunning 
21
va 
22-moddalariga
muvofiq harbiy xizmatga chaqirishini kechiktirish
to‘g‘risida yoki harbiy xizmatga chaqirilishdan ozod qilish haqida;
2


yigirma yetti yoshga to‘lganligi munosabati bilan Qurolli Kuchlar zaxirasiga o‘tkazish
to‘g‘risida;
sog‘lig‘ining holatiga ko‘ra tinchlik davrida harbiy xizmatga yaroqsizlik, urush davridagi harbiy
xizmatga cheklangan ravishda yaroqlilik va zaxiraga o‘tkazish haqida;
harbiy hisobdan chiqarilgan holda, harbiy xizmatga yaroqsizlik haqida.
Hududiy komissiya qaror qabul qilishda chaqiriluvchilarni tibbiy ko‘rikdan o‘tkazish xulosasi,
ularning ma’naviy yetukligi va kasbiy tayyorgarligi, oilaviy va moddiy holatini o‘rganish natijalariga
asoslanadi.
Hududiy tibbiy komissiya quyidagi xulosalarni chiqaradi:
harbiy xizmatga yaroqlilik to‘g‘risida;
ayrim cheklovlar bilan harbiy xizmatga yaroqlilik haqida;
harbiy xizmatga cheklangan ravishda yaroqlilik to‘g‘risida;
harbiy xizmatga vaqtincha yaroqsizlik haqida;
tinchlik davrida harbiy xizmatga yaroqsizlik, urush davrida cheklangan ravishda harbiy
xizmatga yaroqlilik to‘g‘risida;
harbiy hisobdan chiqarilgan holda, harbiy xizmatga yaroqsizlik haqida.
Harbiy xizmatga chaqirilgan va qo‘shinlar safiga yuborilgan shaxslarni, shuningdek tibbiy
ko‘rik natijalaridan va chaqiruvni o‘tkazish bo‘yicha komissiyalarning qarorlaridan noroziligini
bildirgan shaxslarni nazorat tartibida tibbiy ko‘riklardan o‘tkazishni tashkil etish O‘zbekiston
Respublikasi Mudofaa vazirligining harbiy tibbiy komissiyalari tomonidan amalga oshiriladi.
Rahbariyat kengashining, harbiy-tibbiy komissiyaning, butlash komissiyasining, hududiy
komissiyaning va hududiy-tibbiy komissiyaning qarorlari (xulosalari) ustidan sudga shikoyat qilinishi
mumkin.
(20 va 20 -moddalar O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 30-sentabrdagi O‘RQ-718-sonli 
Qonuniga
asosan kiritilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 30.09.2021-y., 03/21/718/0920-son)

Yüklə 0,83 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   38




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin