Umumiy harbiy majburiyat va harbiy xizmat to‘G‘risida I. Umumiy qoidalar 1-modda. Ushbu Qonunning maqsadi


-modda. Chaqiriluvchilarning harbiy-texnika mutaxassisliklari bo‘yicha tayyorgarligi



Yüklə 0,83 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə9/38
tarix02.10.2023
ölçüsü0,83 Mb.
#151479
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   38
436-II-сон 12.12.2002. Umumiy harbiy majburiyat va harb

14-modda. Chaqiriluvchilarning harbiy-texnika mutaxassisliklari bo‘yicha tayyorgarligi
Oldingi
 tahrirga qarang.
Chaqiriluvchilarning harbiy-texnika mutaxassisliklari bo‘yicha tayyorgarligi mudofaa ishlari
boshqarmalari huzuridagi chaqiriluvchilarni harbiy-texnika mutaxassisliklari bo‘yicha tayyorlash
markazlarida (bundan buyon matnda mudofaa ishlari boshqarmalari huzuridagi markazlar deb
yuritiladi) amalga oshiriladi.
(14-moddaning birinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 5-sentabrdagi O‘RQ-564-sonli
Qonuni 
tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 05.09.2019-y., 03/19/564/3690-son)
Oldingi
 tahrirga qarang.
Yo‘nalishi bo‘yicha harbiy hisobdagi ixtisosliklarga turdosh o‘rta professional va o‘rta maxsus
professional ta’lim muassasalarida ta’lim olayotgan chaqiriluvchilar harbiy-texnika mutaxassisliklari
bo‘yicha bevosita shu muassasalarda tayyorgarlikdan o‘tadilar.
(14-moddaning ikkinchi qism O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 30-sentabrdagi O‘RQ-718-sonli
Qonuni 
tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 30.09.2021-y., 03/21/718/0920-son)
Oldingi
 tahrirga qarang.
Mudofaa ishlari boshqarmalari huzuridagi markazlarda harbiy-texnika mutaxassisliklari
bo‘yicha tayyorgarlikka o‘n yetti yoshga to‘lgan, salomatligiga ko‘ra harbiy xizmatga yaroqli hamda
tayyorgarlik tugaganidan keyin harbiy xizmatga chaqirilishi lozim bo‘lgan chaqiriluvchilar jalb
etiladi.
(14-moddaning uchinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 5-sentabrdagi O‘RQ-564-sonli
Qonuni 
tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 05.09.2019-y., 03/19/564/3690-son)
Harbiy-texnika mutaxassisliklari bo‘yicha tayyorgarlikdan o‘tishga jalb etilgan fuqarolarning
mashg‘ulotlarda ishtirok etishi majburiydir.
Harbiy-texnika 
mutaxassisliklari 
bo‘yicha 
tayyorgarlikdan 
o‘tishi 
lozim 
bo‘lgan
chaqiriluvchilarning soni, shuningdek ularning tayyorgarlik dasturlari O‘zbekiston Respublikasi
Mudofaa vazirligi tomonidan manfaatdor vazirliklar, davlat qo‘mitalari va idoralar bilan birgalikda
tasdiqlanadi.
Oldingi
 tahrirga qarang.
Chaqiriluvchilarning mudofaa ishlari boshqarmalari huzuridagi markazlardagi tayyorgarligini
moliyalashtirish Mudofaa vazirligi orqali O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjeti mablag‘lari va
moliyalashtirishning qonunchilikda nazarda tutilgan boshqa manbalari hisobidan amalga
oshiriladi.
(14-moddaning oltinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli
Qonuni 
tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Oldingi
 tahrirga qarang.

Yüklə 0,83 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   38




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin