(10-moddaning beshinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli
Qonuni
tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
11-modda. Harbiy xizmatchilarning harbiy kiyim-kechak va farqlovchi nishonlari
Harbiy xizmatchilarning harbiy kiyim-kechak va farqlovchi nishonlari O‘zbekiston Respublikasi
Prezidenti tomonidan tasdiqlanadi.
Harbiy
xizmatchilar, shuningdek harbiy yig‘inlarga jalb etilgan harbiy xizmatga majburlar
harbiy unvonni va qo‘shin turini farqlovchi nishonlari bo‘lgan harbiy kiyim-kechakda yuradilar.
Oldingi
tahrirga qarang.
Harbiy kiyim-kechakda yurish qoidalari harbiy xizmat
nazarda tutilgan vazirliklar, davlat
qo‘mitalari va idoralarning rahbarlari tomonidan belgilanadi.
(11-moddaning uchinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2020-yil 25-avgustdagi O‘RQ-634-sonli
Qonuni
tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 26.08.2020-y., 03/20/634/1218-son)
Harbiy kiyimda yurish huquqiga ega bo‘lmagan fuqarolarning harbiy xizmatchilarning harbiy
kiyim-kechagini kiyib va farqlovchi nishonlarini taqib yurishi taqiqlanadi.
Dostları ilə paylaş: