Qurolli Kuchlardagi oliy harbiy unvon armiya generali bo‘lib, bu unvon (urush davrida)
O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlarining Oliy Bosh qo‘mondoniga, shuningdek O‘zbekiston
Respublikasi mudofaa vaziriga beriladi.
Oldingi
tahrirga qarang.
Yuridik yoki tibbiy yo‘nalishdagi harbiy hisobdagi ixtisoslikka ega bo‘lgan ofitserlar tarkibidagi
harbiy xizmatchi va harbiy xizmatga majburning harbiy unvoniga tegishincha “adliya” yoki “tibbiy
xizmat” so‘zlari qo‘shiladi.
(9-moddaning oltinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2020-yil 25-avgustdagi O‘RQ-634-sonli
Qonuni
tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 26.08.2020-y., 03/20/634/1218-son)
Rezervdagi, zaxiradagi yoki iste’fodagi fuqarolarning
harbiy unvoniga tegishincha
“rezervdagi”, “zaxiradagi” yoki “iste’fodagi” degan so‘zlar qo‘shiladi.
Oldingi
tahrirga qarang.
Harbiy unvon berish va harbiy unvondan mahrum qilish,
shuningdek harbiy unvonini
pasaytirish hamda harbiy unvonini tiklash qonunchilikka muvofiq amalga oshiriladi.
(9-moddaning sakkizinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli
Qonuni
tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Oldingi
tahrirga qarang.
Harbiy burchni jiddiy tarzda buzganlik, hokimiyatni suiiste’mol
qilganlik, qonunlar va
umumharbiy nizomlar bilan o‘z zimmasiga yuklatilgan talablar va
majburiyatlarni favqulodda
vaziyatlarda bajarmaganlik uchun generallar tarkibidagi shaxslarning harbiy unvoni O‘zbekiston
Respublikasi Prezidentining qarori bilan pasaytirilishi mumkin.
(9-moddaning to‘qqizinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2020-yil 25-avgustdagi O‘RQ-634-sonli
Qonuni
tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 26.08.2020-y., 03/20/634/1218-son)
Oldingi
tahrirga qarang.
Ofitserlar tarkibidagi harbiy xizmatchilarni, shu jumladan rezerv
yoki zaxiradagi shaxslarni
harbiy unvondan ular og‘ir yoki o‘ta og‘ir jinoyat uchun hukm etilganida faqat sudning qaroriga
ko‘ra mahrum etish mumkin.
(9-moddaning o‘ninchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2020-yil 25-avgustdagi O‘RQ-634-sonli
Qonuni
tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 26.08.2020-y., 03/20/634/1218-son)
Oldingi
tahrirga qarang.
Serjantlar tarkibidagi harbiy xizmatchilarni harbiy unvondan
harbiy xizmatchi tomonidan
nojo‘ya xatti-harakatlar sodir etilganligi uchun boshqa intizomiy jazo choralari yetarli bo‘lmagan
taqdirda, sudning yoki vazirliklar, davlat qo‘mitalari va idoralar rahbarlarining qaroriga ko‘ra
mahrum etish mumkin.
(9-modda O‘zbekiston Respublikasining 2020-yil 25-avgustdagi O‘RQ-634-sonli
Qonuniga
asosan o‘n
birinchi qism bilan to‘ldirilgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 26.08.2020-y., 03/20/634/1218-
son)
Dostları ilə paylaş: