5
I. BOB. NAQQOSHLIK SAN‟ATI.
1.1. Naqqoshlik san‟atining rivojlanish tarixi.
O‗zbek xalqining ko‗p asrlik tarixida xalq amaliy san‘ati
madaniy
merosimizning asosiy qismini tashkil qilib kelgan. Inson qo‗l mehnati
mahsulining san‘at darajasiga ko‗tarilib, hozirgacha o‗z qiymatini
yo‗qotmagan o‗zbek xalq amaliy san‘ati turlari go‗zalligi va betakrorligi
bilan jahonga mashhurdir. Bu taraqqiyot bosqichi haqida fikr yuritar
ekanmiz o‗zbek amaliy san‘atining kelib chiqishi insoniyatning ibtidoiy
jamoa davri hayotiga borib taqalishining guvohi bo‗lamiz.
O‗zbekiston hududida olib borilgan arxeologik qazishlar natijasida
topilgan yodgorliklardan olingan ma‘lumotlarga ko‗ra insonning jismga
badiiy ishlov berish usulida buyum yaratish faoliyati tosh asridayoq
boshlanib ,asrlar osha hozirgacha davom etib kelmoqda.
Ibtidoiy jamoa
tuzumidan bizgacha yetib kelgan ashyoviy dalillarni mehnat va ov
qurollari, uy – anjom va bezakli buyumlar, odamlar yashagan manzil
qoldiqlarida ko‗ramiz.
Qazishlar natijasida tuproq ostidan chiqqan topilmalar xususan odam
va hayvonlar jasadining qoldiqlari, g‗or va yerto‗la devorlariga chizilgan
sur‘at va bo‗rtma tasvirlar ibtidoiy jamoa davri tarixini o‗rganishning
muhim manbai hisoblanadi.
Paleolit davrida amaliy – dekorativ san‘at namunalari ham keng
tarqala boshladi. Buyumlarni naqsh bilan bezashga, turli taqinchoqlarga
tumorlarga ehtiyoj paydo bo‗lganligi arxeologlar tomonidan topilgan
ashyoviy buyumlarda namoyon bo‗lmoqda. Qadimdan uy-ro‗zg‗or
buyumlariga bo‗yoqlar bilan ajoyib naqshlar ishlanib kelingan.
Hozirda
bu naqqoshlik san‘ati deb yuritiladi.
Naqqoshlik amaliy san‘atning mustaqil bir turi sifatida qadimdan
turli ko‗rinishlarda rivojlanib kelgan, unda o‗zbek ustalari faqat uy-
ro‗zg‗or buyumlarini emas, balki uy-joy va jamoat binolarining ichki
qismi devor va shiplarini ham bezaganlar. San‘atning bu turida xalq
ichidan chiqqan usta hunarmandlar o‗ziga xos uslublarda ijod qilishgan.
Buni boshqa millat vakillarining ijodida ham ko‗rishimiz mumkin. Rus
amaliy san‘atida ustalar tekis yog‗och yuziga o‗simliksimon naqsh
rasmini tushirib unga maxsus bo‗yoqlar bilan ishlov berishadi.
Bo‗yoqlarning uzoq muddat saqlanishi uchun qurigandan so‗ng
ustidan bir necha qatlamda tiniq lak surtiladi. O‗zbek
ustalarining ish
uslubi esa bunga qaraganda boshqacha bo‗lib ular eskiz bo‗yicha
duradgor ishlagan yog‗och buyum yuzasiga yelim surtadilar, uning usti
jilvir qog‗oz bilan tekislangandan so‗ng, materiallarga bronza beriladi.
6
Keyin bronza ustidan ulgi asosida kompozitsiya tushiriladi, uning ustiga
qora bo‗yoq surtib, so‗ngra naqsh ishlanadi. Xuddi shunday naqshlarni
yanada chiroyli ko‗rinishi va uzoq muddatga saqlanishi uchun naqsh
ustidan bir necha bor toza lak surtiladi.
Xalq ustalari asarlarini kuzatar ekanmiz naqsh kompozitsiyalarda
naqsh elementlarining egri chiziqli o‗simliksimon islimi,
hamda
geometrik shakllardan hosil bo‗lgan naqsh - girihlar va gulli girihlarni
tuzish bilan bezatilganligini ko‗ramiz.
Gulli girih esa ikkala tur elementlarning ishtirokidagi bir butun
kompozitsiyani tashkil qiladi. Islimi turdagi asosiy elementlar –novda,
yaproq, gul, g‗uncha kurtak, qalampir, meva, poya kabilar hisoblanadi.
Poya va novda turli naqshlarning eng ko‗p uchraydigan elementlaridan
biri bo‗lib, ular naqsh kompozitsiyalarining hoshiyalarida qo‗llaniladi.
Girihlar esa to‗rsimon va yulduzsimon bo‗lib, yulduz nurlarining soni 5
tadan 16 tagacha bo‗lgan burchakliklardan iboratdir.
Naqshning uchinchi turi hisoblangan gulli girih naqshida esa naqsh
geometrik va o‗simlik elementlarining bir-biriga qo‗shib ishlatilishi
natijasida hosil bo‗ladi. Bunda geometrik element doimo naqsh
markazida joylashadi va tayanch ko‗rinishga ega bo‗ladi.
Naqqoshlik san‘ati mana shunday jozibali ko‗rinishlari
bilan xalq
amaliy bezak san‘atining asosini tashkil qilib, uning eng nafis turlaridan
biri hisoblanadi. Xalq amaliy san‘atining boshqa turlarini naqsh
elementlarining ishtirokisiz tasavvur etish qiyin. Naqshning lug‗aviy
ma‘nosi – gul va bezak degan ma‘noni anglatadi. Ular kompozitsiyon
qo‗llanishi bilan amaliy san‘at asarlariga jilo bag‗ishlaydi.
Bezaklarda qo‗llanilayotgan barcha elementlar esa, tabiatda
uchraydigan o‗simlik dunyosi, hayvonlar tasviri va koinot jismlarining
eng sodda ko‗rinishlarini badiiylashtirsh orqali aks ettiriladi.
Naqqoshlik san‘ati qadimdan insonlar
turmushida ishlatiladigan
buyumlarni bezatish orqali moddiy muhitini go‗zallashtirishga, estetik
boyitishga xizmat qilib kelgan. Xalq ustalari tomonidan jilolangan
me‘moriy obidalar, turar joy va ro‗zg‗or buyumlari go‗zallikni idrok
etishda bebaho hisoblanadi.
Bu borada ota-bobolarimizning bizga qoldirgan ma‘naviy merosi
cheksiz. San‘at asarlari inson hayotida muhim ahamiyatga ega. Xalq
amaliy san‘ati asarlari nafaqat bezakdorligi, chiroyli shakllari, hamda
chuqur
falsafiy, tarbiyaviy, ruhiy xususiyatlari bilan o‗zining yuksak
qiymatiga ega. Farzandlariga yoshlik chog‗laridanoq hunar o‗rgatib
kelgan xalqimiz o‗zining an‘analaridan, urf-odatlaridan, turli ma‘naviy
7
meroslardan unumli foydalanib keldi. Bugungi kunda ham xalqimizning
milliy an‘analariga asoslanib, ustoz shogird maktabi qoidalari bilan
yoshlarimizga hunar o‗rgatishga katta e‘tibor berilmoqda.
Ongli faoliyatining ajralmas qismi bo‗lmish badiy tafakkur va shunga
muvofiq badiiy-ijodiy faoliyat insoniyatning tarixiy taraqqiyoti
jarayonida juda katta ahamiyatga ega bo‗ldi.
Bunday faoliyat natijasida
kelib chiqadigan estetik-badiiy idrok qobilyati kishilarda olamni, undagi
mavjudodlar, narsalar va voqea-hodisalarni, atrof-muhitdagi shakllar va
ranglarni turfa shakl-shamoilda qaytadan aks ettirishga havas uyg‗otadi.
Shakl va ranglarning real va stillashtirilgan tasvirlarni yaratish shu
tariqa kelib chiqdi va u o‗z navbatida, odamlarning kundalik
turmushlaridan o‗rin ola boshladi.
Natijada badiiy bezaklarning xilma-xil
shakllari va turlari paydo
bo‗ldi va takomillashib bordi. Shuning uchun ham O‗rta Osiyo
xalqlarining bizgacha yetib kelgan san‘at asarlari orasida naqshlar asosida
yaratilgan badiiy asarlar alohida ahamiyatga ega. Bu san‘atning rivojlanib
yangicha shakl va uslublar bilan boyitilib borilishi natijasida turli hududiy
maktablarning yuzaga kelishiga asos bo‗ldi.
Dostları ilə paylaş: