Tasviriy san‟at kafedrasi



Yüklə 13,15 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə3/60
tarix02.10.2023
ölçüsü13,15 Mb.
#151528
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   60
NAQQOSHLIK

 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 



I. BOB. NAQQOSHLIK SAN‟ATI. 
1.1. Naqqoshlik san‟atining rivojlanish tarixi.
O‗zbek xalqining ko‗p asrlik tarixida xalq amaliy san‘ati madaniy 
merosimizning asosiy qismini tashkil qilib kelgan. Inson qo‗l mehnati 
mahsulining san‘at darajasiga ko‗tarilib, hozirgacha o‗z qiymatini 
yo‗qotmagan o‗zbek xalq amaliy san‘ati turlari go‗zalligi va betakrorligi 
bilan jahonga mashhurdir. Bu taraqqiyot bosqichi haqida fikr yuritar 
ekanmiz o‗zbek amaliy san‘atining kelib chiqishi insoniyatning ibtidoiy 
jamoa davri hayotiga borib taqalishining guvohi bo‗lamiz. 
O‗zbekiston hududida olib borilgan arxeologik qazishlar natijasida 
topilgan yodgorliklardan olingan ma‘lumotlarga ko‗ra insonning jismga 
badiiy ishlov berish usulida buyum yaratish faoliyati tosh asridayoq 
boshlanib ,asrlar osha hozirgacha davom etib kelmoqda. Ibtidoiy jamoa
tuzumidan bizgacha yetib kelgan ashyoviy dalillarni mehnat va ov 
qurollari, uy – anjom va bezakli buyumlar, odamlar yashagan manzil 
qoldiqlarida ko‗ramiz.
Qazishlar natijasida tuproq ostidan chiqqan topilmalar xususan odam 
va hayvonlar jasadining qoldiqlari, g‗or va yerto‗la devorlariga chizilgan 
sur‘at va bo‗rtma tasvirlar ibtidoiy jamoa davri tarixini o‗rganishning 
muhim manbai hisoblanadi. 
Paleolit davrida amaliy – dekorativ san‘at namunalari ham keng 
tarqala boshladi. Buyumlarni naqsh bilan bezashga, turli taqinchoqlarga 
tumorlarga ehtiyoj paydo bo‗lganligi arxeologlar tomonidan topilgan 
ashyoviy buyumlarda namoyon bo‗lmoqda. Qadimdan uy-ro‗zg‗or 
buyumlariga bo‗yoqlar bilan ajoyib naqshlar ishlanib kelingan. Hozirda 
bu naqqoshlik san‘ati deb yuritiladi. 
Naqqoshlik amaliy san‘atning mustaqil bir turi sifatida qadimdan 
turli ko‗rinishlarda rivojlanib kelgan, unda o‗zbek ustalari faqat uy-
ro‗zg‗or buyumlarini emas, balki uy-joy va jamoat binolarining ichki 
qismi devor va shiplarini ham bezaganlar. San‘atning bu turida xalq 
ichidan chiqqan usta hunarmandlar o‗ziga xos uslublarda ijod qilishgan. 
Buni boshqa millat vakillarining ijodida ham ko‗rishimiz mumkin. Rus 
amaliy san‘atida ustalar tekis yog‗och yuziga o‗simliksimon naqsh 
rasmini tushirib unga maxsus bo‗yoqlar bilan ishlov berishadi.
Bo‗yoqlarning uzoq muddat saqlanishi uchun qurigandan so‗ng 
ustidan bir necha qatlamda tiniq lak surtiladi. O‗zbek ustalarining ish 
uslubi esa bunga qaraganda boshqacha bo‗lib ular eskiz bo‗yicha 
duradgor ishlagan yog‗och buyum yuzasiga yelim surtadilar, uning usti 
jilvir qog‗oz bilan tekislangandan so‗ng, materiallarga bronza beriladi. 



Keyin bronza ustidan ulgi asosida kompozitsiya tushiriladi, uning ustiga 
qora bo‗yoq surtib, so‗ngra naqsh ishlanadi. Xuddi shunday naqshlarni 
yanada chiroyli ko‗rinishi va uzoq muddatga saqlanishi uchun naqsh 
ustidan bir necha bor toza lak surtiladi. 
Xalq ustalari asarlarini kuzatar ekanmiz naqsh kompozitsiyalarda 
naqsh elementlarining egri chiziqli o‗simliksimon islimi, hamda 
geometrik shakllardan hosil bo‗lgan naqsh - girihlar va gulli girihlarni 
tuzish bilan bezatilganligini ko‗ramiz.
Gulli girih esa ikkala tur elementlarning ishtirokidagi bir butun 
kompozitsiyani tashkil qiladi. Islimi turdagi asosiy elementlar –novda, 
yaproq, gul, g‗uncha kurtak, qalampir, meva, poya kabilar hisoblanadi. 
Poya va novda turli naqshlarning eng ko‗p uchraydigan elementlaridan 
biri bo‗lib, ular naqsh kompozitsiyalarining hoshiyalarida qo‗llaniladi. 
Girihlar esa to‗rsimon va yulduzsimon bo‗lib, yulduz nurlarining soni 5 
tadan 16 tagacha bo‗lgan burchakliklardan iboratdir.
Naqshning uchinchi turi hisoblangan gulli girih naqshida esa naqsh 
geometrik va o‗simlik elementlarining bir-biriga qo‗shib ishlatilishi 
natijasida hosil bo‗ladi. Bunda geometrik element doimo naqsh 
markazida joylashadi va tayanch ko‗rinishga ega bo‗ladi. 
Naqqoshlik san‘ati mana shunday jozibali ko‗rinishlari bilan xalq 
amaliy bezak san‘atining asosini tashkil qilib, uning eng nafis turlaridan 
biri hisoblanadi. Xalq amaliy san‘atining boshqa turlarini naqsh 
elementlarining ishtirokisiz tasavvur etish qiyin. Naqshning lug‗aviy 
ma‘nosi – gul va bezak degan ma‘noni anglatadi. Ular kompozitsiyon 
qo‗llanishi bilan amaliy san‘at asarlariga jilo bag‗ishlaydi.
Bezaklarda qo‗llanilayotgan barcha elementlar esa, tabiatda 
uchraydigan o‗simlik dunyosi, hayvonlar tasviri va koinot jismlarining 
eng sodda ko‗rinishlarini badiiylashtirsh orqali aks ettiriladi.
Naqqoshlik san‘ati qadimdan insonlar turmushida ishlatiladigan 
buyumlarni bezatish orqali moddiy muhitini go‗zallashtirishga, estetik 
boyitishga xizmat qilib kelgan. Xalq ustalari tomonidan jilolangan 
me‘moriy obidalar, turar joy va ro‗zg‗or buyumlari go‗zallikni idrok 
etishda bebaho hisoblanadi.
Bu borada ota-bobolarimizning bizga qoldirgan ma‘naviy merosi 
cheksiz. San‘at asarlari inson hayotida muhim ahamiyatga ega. Xalq 
amaliy san‘ati asarlari nafaqat bezakdorligi, chiroyli shakllari, hamda 
chuqur falsafiy, tarbiyaviy, ruhiy xususiyatlari bilan o‗zining yuksak 
qiymatiga ega. Farzandlariga yoshlik chog‗laridanoq hunar o‗rgatib 
kelgan xalqimiz o‗zining an‘analaridan, urf-odatlaridan, turli ma‘naviy 



meroslardan unumli foydalanib keldi. Bugungi kunda ham xalqimizning 
milliy an‘analariga asoslanib, ustoz shogird maktabi qoidalari bilan 
yoshlarimizga hunar o‗rgatishga katta e‘tibor berilmoqda.
Ongli faoliyatining ajralmas qismi bo‗lmish badiy tafakkur va shunga 
muvofiq badiiy-ijodiy faoliyat insoniyatning tarixiy taraqqiyoti 
jarayonida juda katta ahamiyatga ega bo‗ldi. Bunday faoliyat natijasida 
kelib chiqadigan estetik-badiiy idrok qobilyati kishilarda olamni, undagi 
mavjudodlar, narsalar va voqea-hodisalarni, atrof-muhitdagi shakllar va 
ranglarni turfa shakl-shamoilda qaytadan aks ettirishga havas uyg‗otadi.
Shakl va ranglarning real va stillashtirilgan tasvirlarni yaratish shu 
tariqa kelib chiqdi va u o‗z navbatida, odamlarning kundalik 
turmushlaridan o‗rin ola boshladi.
Natijada badiiy bezaklarning xilma-xil shakllari va turlari paydo 
bo‗ldi va takomillashib bordi. Shuning uchun ham O‗rta Osiyo 
xalqlarining bizgacha yetib kelgan san‘at asarlari orasida naqshlar asosida 
yaratilgan badiiy asarlar alohida ahamiyatga ega. Bu san‘atning rivojlanib 
yangicha shakl va uslublar bilan boyitilib borilishi natijasida turli hududiy 
maktablarning yuzaga kelishiga asos bo‗ldi.

Yüklə 13,15 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   60




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin