Tasviriy san‟at kafedrasi



Yüklə 13,15 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə4/60
tarix02.10.2023
ölçüsü13,15 Mb.
#151528
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   60
NAQQOSHLIK

 
 
1.2

Naqqoshlik maktablari 
Naqqoshlik san‘ati xalq amaliy bezak san‘atining mukammal va 
mustaqil turlaridan biri bo‗lib barcha amaliy san‘at turlarining tarkibiy 
qismi hisoblanadi. O‗rta Osiyo xalqlarining milliy hunarmandchiligi va 
bezak san‘ati orasida naqqoshlik o‗zining nafis shakllari, rangin 
tovlanishi hamda ramziy ma‘nolarga boyligi bilan qadimdan kеng 
rivojlanib kelmoqda.
Ma‘lumki vatanimizning ko‗rkiga ko‗rk qo‗shib turgan Samarqand, 
Buxoro, Toshkent, Xorazm kabi markaziy shaharlardagi ko‗hna obidalar 
bezak san‘ati turlari ganchkorlik, yog‗och o‗ymakorligi, sangtaroshlik, 
naqqoshlik, koshinkorlik namunalari bilan o‗ziga xos ravishda bezatilgan. 
Ulardagi bеtakror naqsh bezaklarini kuzatar ekanmiz, ijodkor 
bo‗yoqlar orqali shakllarni qаnchalar nafis ifodalay olganidan hayratga 
tushamiz. Shuningdek, tarixiy Baktriyo, Sug‗d, Xorazm, Shosh kabi 
hududlardan topilgan bezakli ashyolarning o‗ta qadimiyligi ham, 
insoniyatning go‗zallik olamiga qanchalar intilib yashaganligidan dalolat 
bеradi. 
Tarixdan har bir davr naqqoshlik san‘atining rivojiga o‗zining 
salmoqli hissasini qo‗shib, uning yanada rivojlanib, taraqqiy etishiga 
zamin yaratib kelgan. Qadimiy manbalar Surxondaryodagi Fayoz – tepa ( 



I-II asr ). Dalvarzin-tepa (II-asr) . Xorazmdagi tuproq – qal‘a (III-asr) 
devorlari ham turli rasm va naqshlar bilan bezatilganligi bizga ma‘lum. 
VI – VIII asrlarga oid Afrosiyob va Varaxsha saroylarining devoriy 
suratlar qoldiqlari esа birmuncha yaxshi saqlanib qolgan. Ajdodlarimiz 
bu kabi devoriy rasmlarda: insoniylik, baxt, ona tabiatga cheksiz 
muhаbbаt, shodlik, mehr va yovuzlik kabi sifatlarni rang va chiziqlar 
orqali ifodalashgan. 
VIII asrning boshlarida O‗rta Osiyoga islom madaniyatining kirib 
kelishi, badiiy bezak – naqqoshlik san‘atining yanada rivojlanishiga 
sabab bo‗ldi. Mahobatli rasmlardagi jonli mavjudotlar o‗rnini tabiat 
tasvirlari, o‗simliksimon va geomеtrik elementlar ishtirokidagi naqsh 
namunalari egаlladi. Arab yozuvlari o‗zlashtirilib, bezakli (epigrafika) 
uslub paydo bo‗ldi.
IX asrlarda ganchkorlik, yog‗och o‗ymakorligi, naqqoshlik, g‗isht 
tеrish, kitob bezagi san‘atlari yanada rivojlandi. Buyuk allomalar, 
Bеruniy, Ibn Sino, Mahmud Qoshg‗ariy va boshqalarning ilmiy, tibbiy, 
ma‘naviy hamda qur‘on oyatlari zarhal naqshlar bilan bezatildi. 
Naqqoshlikda turli shakllar, gul elеmеntlari va rang tuslarining ramziy 
falsafiy ma‘nolari kеngroq ifodalana boshlandi:
Kvadrat 
– abadiylik, mustahkamlik, 
quyosh 
– hayot ramzi, zirk guli 
(gulsafsar) osoyishtalik va uzoq umr, 
olma
– muhаbbаt ramzi, 
shеr
– 
mardlik, adolat va kuchlilik ramzi, 
xumo
– baxt keltiruvchi qush, 
yashil 
rang
– ona zamin, 
havo rang
– musaffo osmon degan ramziy ma‘nolar 
kelib chiqadi. 
Tarixiy ma‘lumotlarga ko‗ra Temur va temuriylar davrida ilmu-fan, 
madaniyat va san‘at rivojlanishi bilan mamlakat hayotida tub burilish 
yasadi. Sohibqiron va temuriyzodalar tashabbusi bilan bir qancha tarixiy 
inshoatlar qurildi. Binolarning ichki hamda tashqi qismlari amaliy bezak 
san‘atining naqqoshlik, ganchkorlik, koshinpazlik, sеrhasham unvonli 
yozuvlar va turli o‗yma naqshlar bilan bezatildi.
Bundan tashqari nusxa ko‗chirish (xattotlik) kitobat (minatyura) 
san‘atlari yanada rivoj topdi. Bu sohada Mirak Naqqosh, Kamoliddin 
Behzod, Mahmud Muzahhib kabi ko‗plab naqqosh – musavvirlarning 
ijodi namunalidir. Usta musavvirlar mohirlik bilan mutafakkirlar 
Abdurahmon Jomiy, Alishеr Navoiy, Amir Xusrаv Dehlaviy, Nizomiy 
Ganjaviy va ko‗plab shoirlarning asarlarini ajoyib tasvir va naqshlar bilan 
bezaganlar. 



Naqqoshlikda lojuvard, yashil, qizil, tilla hal bo‗yoq tuslarini o‗zaro 
bog‗lanishi asosidagi ―turunj‖ namoyon, girih usullaridan tashkil topgan 
naqsh namunalari ko‗plab ishlangan.
Naqqoshlik san‘atining hayotga keng qamrovli kirib kelishi bilan 
o‗ziga xos uslublar bilan naqsh maktablari shakllana boshlandi. Ushbu 
maktablarda ko‗plab xalq ustalari yеtishib chiqdi va bu sohada unumli 
faoliyat ko‗rsatdilar. XX asr boshlarida ijod qilgan o‗zbek naqqosh 
ustalar Olimjon Qosimjonov, usta Shеrali Hoji, Rauf Nazarov, Ustazoda 
Yoqubjon Raupov, Vakil va Sobir Isaevlarni misol qilib aytishimiz 
mumkin. Ular Toshkentdagi Romanovlar saroyini, hozirgi xalq amaliy 
san‘ati muzeyi binosini (sobiq Polovtsev uyini) va boshqa binolarni 
sharqona naqsh namunalari bilan bezatishda jonbozlik qilgan. 1947 yilda 
qurib bitkazilgan O‗zbekiston Davlat opеra va balеt katta teatri 
binosining bezak ishlarida usta Vakil va Sobir Isaevlar, Yoqubjon 
Raupov, Olimjon Qosimjonov, Jalil Hakimovlarning san‘ati tahsinga 
sazovordir. Teatr binosini 1966 yilda qayta ta‘mirlash ishlarida ham 
mohir usta Jalil Hakimovning xizmatlari katta bo‗ldi.
Odatda yangi naqsh kompozitsiyalarini yaratish tajribali naqqosh 
ustalar zimmasida bo‗lgan. Chunki ular xalq amaliy san‘atining har bir 
turiga mos mukammal kompozitsiyalar tuzish tajribasiga ega bo‗lgan 
naqshlarni chizish, o‗yish, tikish malakasini egallagan, naqshlarni ishlash 
usullari va pardoz bеrish qoidalarini chuqur bilganlar.
O‗z faoliyati davrida naqqosh ustalar xalq amaliy bezak san‘atining 
bir necha turlarini ham egallab borganlar.
Bunga misol Toshkentlik pargori usta Olimjon Qosimjonov, naqqosh 
Jalil Hakimovlar yog‗och o‗ymakorligini mukammal bilgan, Xivalik 
Abdulla Boltaev naqqoshlik, koshinpazlik, misgarlik kabi hunar turlarida 
ham erkin ijod qila olganlar. 
Handasaviy naqsh kompozitsiyalari, girihlarni tuzuvchi ustalarni 
naqqoshlikda girihkor, katta usta deb atashgan. Geomеtrik naqqoshlarni 
gumbaz mehrob va turli assimеtrik shakllarda qo‗llab ishlash ancha 
murakkab ish sanaladi. 
O‗zbekistonda ham boshqa amaliy san‘at turlari kabi naqqoshlik 
san‘atining ham o‗ziga xos bir necha maktablari mavjud bo‗lib, ular XX 
asrning o‗rtalarida qayta shakllanib yanada rivojlandi.

Yüklə 13,15 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   60




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin