‘zbekist0n respublikasi oliy уа ‘rta maxsus ta’lim vazirligi


iqtisodiyotning asosi yaratildi



Yüklə 7,36 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə36/245
tarix03.10.2023
ölçüsü7,36 Mb.
#151611
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   245
Yo\'doshev Z. Milliy va jahon iqtisodiyoti.

iqtisodiyotning asosi yaratildi. 
0 ‘nlab yangi 
tarmoq va sohalarga asos solindi, m a’naviy va jismoniy jihatdan 
eskirib qolgan minglab ishlab chiqarish korxonalari butun lay 
qaytadan zamonaviy, yuqori unumli texnika va texnologiya 
bilan jihozlandi. Hamma sohada iqtisodiyotni liberalizatsiyalash 
va modemizatsiyalash ketmoqda.
3.2. Milliy iqtisodiyotni rivojlantirish asoslari
Milliy boylik jamiyatning iqtisodiy kuch-quwatini ko‘rsatadi 
va iqtisodiy potensialni tashkil etadi. 
Jamiyatning ishlab chiqara
bilish qobiliyati iqtisodiy potensial deb ataladi. 
Bu qobiliyat 
ishlab chiqarish resurslari miqdori va sifati bilan belgilanadi, 
yaratilgan mahsulotlar va xizmatlar miqdori bilan ifoda etiladi. 
Shu sababli uning m uhim ko‘rsatkichi bo‘lib, 
yalpi milliy
mahsulot 
ko‘rsatkichi hisoblanadi. Bu m ahsulotni ishlab 
chiqarish esa milliy boylikning hajmi va strukturasiga, undan 
yaxshi foydalanilishiga bog‘liqdir. Shunday ekan, iqtisodiy 
potensial yuksalgan sari jamiyat tobora boyib boradi.
Iqtisodiy potensial jamiyat a ’zolarining ehtiyojini qondirish 
uchun ishlatiladi. Agar ehtiyojlar to ‘laroq qondirilsa, iqtisodiy 
potensial samarali ishlatilgan boiadi. 
Iqtisodiy potensialning
to‘rt xil unsuri 
(elementi) mavjud:
1. Mehnat potensiali.
2. Ilm -m a’rifat potensiali.
3. Texnika-texnologiya potensiali.
41


4. Tabiiy potensial.
Mehnat potensiali 
— jamiyatdagi mehnatga layoqatli, bilim 
va m alaka, ishlab chiqara olish qobiliyatiga ega b o ‘lgan 
kishilardir. M ehnat potensialining miqdoriy o‘lchami ishga 
yaroqli kishilar soni bo‘lib, uning o ‘sib borishi aholining 
ko‘payishidan kelib chiqadi. Sifat jihatidan mehnat potensiali 
mazkur aholining bilim saviyasi, kasbiy malakasi va tajribasini 
bildiradi. M ehnat potensiali ishlab chiqarish orqali Milliy 
boylikni oshirishga o ‘z hissasini qo'shadi.
Inson resurslari — bular kishilar, ular faqat moddiy ne’matlar 
yaratib qolmay, shu bilan birga ulami iste’mol ham qiladilar. 
Kishilar moddiy va ma’naviy ehtiyojlari jihatidan bir xil bo‘la 
olmaydilar. Bunga ularning jinsi, yoshi, sog‘Iigi, oilaviy ahvoli
m a’lumot darajasi va boshqa ijtimoiy, ruhiy-fiziologik sifatlari 
sabab bo‘ladi, shuning uchun bir kishi ikkinchisiga o‘xshamaydi.
2014-yil respublika aholisi 31,0 mln kishini tashkil qildi, 
ulardan mehnatga qobiliyatli aholi soni 17,2 mln.dan ortiqroqdir.
M ehnat resurslari tarkibiga faqat iqtisodiy faol aholigina 
emas, shu bilan birga hozirgi paytda ishlamayotgan va ish 
qidirmayotgan mehnatga qobiliyatli shaxslar, shu jum ladan 
ishlab chiqarishdan ajralgan holda ta’lim olayotgan aholi ham 
kiiitiladi. Mehnat resurslari iqtisodiyotda mehnat bilan band 
bo‘lgan, band boMmasa ham mehnat qilishlari mumkin bo‘lgan 
kishilami qamrab oladi.
Boshqacha aytganda, m ehnat resurslari m ehnat qilish 
imkoniyatiga ega haqiqiy va potensial xodimlardir.
M ehnat resurslari shakllanishini o‘rganishda ularni yosh 
guruhlari bo‘yicha ko‘rib chiqishimiz ham maqsadga muvofiqdir. 
Kishilami guruhlarga ajratishda ularning yoshi chegaralarini 
aniqlash asosiy muammo hisoblanadi. Bu masalani hal etishda 
huquqiy asoslangan va amalda mavjudlarini ajratish muhim rol 
o ‘ynaydi. Bunda inson organizmining nafaqat biologik xusu- 
siyatlari, balki mamlakatdagi ijtimoiy va iqtisodiy sharoitlar, 
aholining turmush darajasi, umumiy, o‘rta maxsus va oliy ta’lim 
tizimining holati, o'rtacha umr davomiyligi va boshqalar ham 
hisobga olinadi. Shularga asoslangan holda ijtimoiy-iqtisodiy
42


nuqtayi nazardan aholining yoshiga ko‘ra 6 guruhga bo‘lish 
mumkin:1

Yüklə 7,36 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   245




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin