Issn: 2181-1601 Scientific Journal Impact Factor



Yüklə 70,48 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə5/6
tarix03.10.2023
ölçüsü70,48 Kb.
#151769
1   2   3   4   5   6
umumta-lim-maktablari-va-maktabgacha-ta-lim-muassasalarilarda-bolalar-va-o-smirlar-gigiyenasining-tutgan-o-rni

ǀ
ISSUE 2 
ǀ
2023 
ISSN: 2181-1601
Scientific Journal Impact Factor (SJIF 2022=5.016) 
Passport: 
http://sjifactor.com/passport.php?id=22257
  
Uzbekistan
 
www.scientificprogress.uz
 
Page 16
onasi tomonidan bosim o’tkazilishi, maktabdagi dars jadvallarining gigiyena qoidalariga 
asoslanib tuzilmasligi natijasida bolaga o’quv yuklamasining noto’g’ri taqsimlanishi, 
o’quvchilarga ortiqcha bosimning ko’payishi hisobiga ruhiy buzulishlar kelib 
chiqmoqda. Natijada tengqurlaridan aqliy, jismoniy, ruhiy jihatdan va fanlarni 
o’zlashtirishda ortda qolishi kuzatilishi mumkin. Ota - onalar tomonidan esa 
farzandlaridan asosiy talabi uning o’qishiga, bilim olishiga bo’lganligi sababli 
bolalarning salomatligi va gigiyenik jihatdan sog’lom voyaga yetishi ikkinchi 
darajadaga tushib qolayotganligini ko’rishimiz mumkin [2].
Bolalarda uchraydigan kasalliklar qatorida ko’rish organlarida ham muammoli 
o’zgarishlar uchrab kelmoqda. Hozirgi kunda texnika progress holatda yuqori suratda 
rivojlanib bormoqda. Bir tomondan olib qaraganda texnika va texnologiyalarning 
rivojlanishi biz uchun, o’sib kelayotgan yosh avlod uchun yaxshi albatta. Ammo undan 
to’g’ri foydalanish hamda yosh avlod uchun to’g’ri tadbiq etishimiz ham kerak. 
Umumta’lim maktablarining boshlang’ich sinf xonalari, kompyuter xonalari, kimyo, 
fizika, biologiya laboratoriyasi xonalari va Maktabgacha ta’lim muassasalarida dars va 
o’yin xonalarida o’rnatilgan televizorlar bolalar uchun yaxshi albatta. Bu qurilmalar 
orqali bolalar laboratoriya ishlarining bajarilish tartibini o’rganishi, kompyuterdan 
to’g’ri foydalanishi, bolalar bog’chasida bolalar uchun foydali dasturlar ko’rsatilishi 
bolalar va o’smirlar jamoasi uchun foydali bo’ladi albatta. Qachonki bu elektron 
vositalar sanitariya qoida va me’yorlariga asoslangan holatda o’rnatilgan bo’lsa, 
televizor va o’quvchi o’tirgan joy orasidagi masofa(2 metrdan kam bo’lmasligi), 
televizorni ko’rish vaqti (2 yoshgacha bo’lgan bolalar uchun televizordan foydalanish 
tavsiya etilmaydi, 2 yoshdan katta bolalar uchun esa bir kunda bir soat ko’pi bilan ikki 
soat ko’rish tavsiya etiladi) to’g’ri tashkillashtirilgan bo’sa, foydalanishga tavsiya 
etiladi. Hozirgi kunda ota - onalar bu ko’rsatkichlar bo’yicha yetarli ma’lumotga ega 
emaslar. Bundan tashqari uy sharoitida yosh bolalarning e’tiborsiz qoldirilishi oqibatida 
ular bo’sh vaqtlarini ko’proq telefon va televizor qarshisida me’yoridan ko’p vaqt 
o’tkazishmoqda. Bu esa yosh bolalarning ko’rish organlariga salbiy ta’sirini 
o’tkazmasdan qolmaydi.[5]
Xulosa. 
Bolalar va o’smirlar gigiyenasining faoliyatida umumta’lim maktablari va 
Maktabgacha ta’lim muassasalari o’quvchilarini tibbiy jihatdan qo'llab-quvvatlash va 
mamlakatdagi bolalar va o’smirlar qatlamini sanitariya - epidemiologik osoyishtaligini 
ta’minlashdan iborat.
O’zbekiston Respublikasi Sog’liqni saqlash vazirligining mamlakatdagi mavjud barcha 
umumta’lim maktablari va Maktabgacha ta’lim muassasalarini malakali bolalar va 
o’smirlar gigiyenasi shifokorlari bilan imkon qadar ta’minlashdan iborat. 


SCIENTIFIC PROGRESS
VOLUME 4 

Yüklə 70,48 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin