Issn: 2181-1601 Scientific Journal Impact Factor



Yüklə 70,48 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə3/6
tarix03.10.2023
ölçüsü70,48 Kb.
#151769
1   2   3   4   5   6
umumta-lim-maktablari-va-maktabgacha-ta-lim-muassasalarilarda-bolalar-va-o-smirlar-gigiyenasining-tutgan-o-rni

ǀ
ISSUE 2 
ǀ
2023 
ISSN: 2181-1601
Scientific Journal Impact Factor (SJIF 2022=5.016) 
Passport: 
http://sjifactor.com/passport.php?id=22257
  
Uzbekistan
 
www.scientificprogress.uz
 
Page 14
o’smirlar o’rtasida har xil kasallanishlarning kelib chiqishiga ma’lum darajada ta’sir 
ko’rsatishi nafaqat Bolalar va o’smirlar gigiyenasi oldidagi balki, butun jahon sog’liqni 
saqlash tizimidagi dolzarb muammolardan biri bo’lib kelmoqda. 
6 - 8 yoshlar oralig’idagi bolalarda tayanch - harakatlanish tizimi va qad - 
qomatning shakllanishida buzilishlar ko’rsatkichi birinchi o’rinda turibdi. Ayrim 
umumta’lim maktablarida va Maktabgacha ta’lim muassasalarilarda bolalarning yoshi 
va bo’yiga mos kelmaydigan parta, stol - stullardan foydalanishi, darsliklar, ko’rgazmali 
amaliy o’quv qo’llanmalarning massasi, hajmi gigiyenik qoida va me’yorlarga mos 
kelmasligi nuqtai nazardan o’quvchilarning eng ko’p harakatchan paytida 
harakatchanlikning pasayishi, umurtqa pog’onasidagi og’ishlar, ko’krak qafasidagi 
o’zgarishlarni keltirib chiqarishi mumkin. [2] 
Aniqlangan kamchiliklarga yo’l qo’ymaslik uchun maktabgacha ta’lim va 
umumta’lim muassasalariga mebellar tanlashda (2 - jadval), o’quv nashrlarining 
og’irligini to’g’ri taqsimlashda(3-jadval), o’quv jarayonlarini va dars soatlarini to’g’ri 
tashkillashirishda malakali bolalar va o’smirlar gigiyenasi mutaxassislari bilan 
hamkorlikda ish olib borish bu kamchiliklarni sezilarli darajada kamaytirishga erishish 
mumkin [3]. Shu bilan birga O’zbekiston Respublikasi Sanitariya epidemiologiya 
qo’mitasining bir qancha San Q va Mlarida ham keltirilgan. (0341-16, 0145-03, 0355-
18, 0348-17, 0218-07). Dars soatlarini to’g’ri taqsimlanishi va o’quv yuklamalarining 
kamaytirilishi bo’yicha O’zbekiston respublikasida umumta’lim maktablarida ta’lim 
sharoitlari va sanitariya-epidemiologiya talablarga muvofiq haftalik o‘quv yuklamalar 
maksimal darajada kamaytiriladi. 
Ma’lum qilinishicha umumtaʼlim maktablarida taʼlim sharoitlari va tashkil 
etilishiga qoʼyiladigan sanitariya-epidemiologik talablari (0341-16-son San Q va N) 
ning ilovasiga oʼzgartirishlar va qoʼshimchalar kiritildi.
Bunga ko’ra 1-sinflar uchun - darslar kuniga 4 soatdan va haftada 2 kun 5 soatdan ko‘p 
bo‘lmasligi kerak (5 soatlik o‘quv kunida jismoniy tarbiya yoki yengil fanlar - 
texnologiya, tasviriy san’at, musiqa madaniyati, tarbiya fanlari o‘qitiladi). 1-sinflar 
uchun dars soatlari 1 haftasiga 22 soatdan oshmasligi kerak. 
2 - 4-sinflar uchun - darslar kuniga 4 soatdan va haftada 4 kun 5 soatdan ko‘p 
bo‘lmasligi kerak (5 soatlik o‘quv kunida jismoniy tarbiya yoki yengil fanlar - 
texnologiya, tasviriy san’at, musiqa madaniyati, tarbiya fanlari o‘qitiladi); 
5 — 9-sinflar uchun - darslar kuniga 6 soatdan ko‘p bo‘lmasligi kerak; 
10 — 11-sinflar uchun - darslar kuniga 6 soatdan ko‘p bo‘lmasligi kerak; 
Bir yil davomida o‘quv haftaligi 1-sinflar uchun - 33 hafta, 2 - 11-sinflar uchun 34 
haftadan oshmasligi borasida O’zbekiston Respublikasi Xalq ta’lim vazirligi va 
Sanitariya epidemiologiya qo’mitasi mutaxassislari tomonidan kerakli ishlar olib 
borilmoqda [4].


SCIENTIFIC PROGRESS
VOLUME 4 

Yüklə 70,48 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin