40
Mahkamasining qarori respublikada dehqon (fermer) xо‘jaliklarining tashkil
etilishiga asos bо‘ldi.
“Yer kodeksi”, “Fermer xо‘jaligi tо‘g‘risida”, “Dehqon xо‘jaligi tо‘g‘risida”
kabi qonunlarning qabul qilinishi qishloq xо‘jaligining, jumladan fermer (dehqon)
xо‘jaliklari faoliyatining huquqiy asoslarini yaratib berdi. Shuningdek,
mazkur
qonunlar, hukumat qarorlari va Prezident farmonlari va boshqa meyoriy xujjatlar
asosida fermer xо‘jaliklariga qator imtiyozlar yaratib berildi. Bunday imkoniyatlar
esa respublikada fermerlikning jadal о‘sishiga va rivojlanishiga sabab bо‘lmoqda.
Bir sо‘z bilan aytganda, qishloq xо‘jaligini isloh qilish bо‘yicha aniq maqsadga
qaratilgan ishlar olib borilmoqda. Buning natijasida keyingi yillarda
qishloq
xо‘jaligi tubdan о‘zgardi. Shirkatlarni fermer xо‘jaliklariga aylantirish jarayoni
amalda nihoyasiga yetdi. Xususiy fermer xо‘jaliklari о‘z mohiyatiga kо‘ra qishloq
xо‘jaligi ishlab chiqarishining asosiy shakliga, sohani barqaror va samarali
rivojlantirishni ta’minlaydigan yetakchi kuchga aylandi.
Qishloq xо‘jaligi mamlakatimiz iqtisodiyotida yetakchi о‘rinni egallaydi.
Mamlakatda ishlab chiqarilayotgan yalpi ichki mahsulotning salmoqli qismi shu
sohada yetishtiriladi. Ushbu sohani rivojlantirish masalasiga mamlakatimiz
mustaqilligining dastlabki kunlardanoq katta e’tibor berila boshlandi. Xususan:
qishloq xо‘jaligini rivojlantirish va uning samaradorligin
oshirish maqsadida qator
qonunlar, Farmonlar va qarorlar qabul qilindi, natijada ushbu sohada ular о‘z
samarasini bera boshladi.
Bugungi kunda respublikamizda 76 mingdan ortiq fermer xо‘jaligi faoliyat
yuritmoqda, sohada band bо‘lgan aholining qariyb 90 foizi mehnat qilmoqda,
qishloq xо‘jaligi ekin maydonlarining qariyb 85 foizi ana shu xо‘jaliklar hissasiga
tо‘g‘ri keladi
4
83
.
Respublikamiz va Qashqadaryo viloyatida qishloq xо‘jaligida fermer
xо‘jaliklarini tashqil etish jarayoni kengayib bormoqda. Bu iqtisodiy islohotlarni
chuqurlashtirish jarayonining negizini tashqil qiladi. Fermerlar bozor iqtisodiyoti
sharoitida boshqa tadbirkorlar kabi mustaqil faoliyat kо‘rsatadilar, ularda yer va
43
Ўзбекистон Республикаси Давлат статистика қўмитаси маълумотлари
41
boshqa mulklarga egalik hissiyoti rivojlanib boradi. Umuman olganda,
oxirgi
yillarda ustuvor yо‘nalish sifatida fermer xо‘jaliklariga davlat siyosati darajasida
qaralayotganligini uning ijobiy tomonga jiddiy о‘zgarishiga olib keldi. Asosiy
erishilgan natijalarimizning sabablarini izohlab о‘tmoqchimiz.
1. Qashqadaryo viloyatida qishloq xо‘jaligini isloh qilish borasida aniq
tadbirlar amalga oshirilmoqda. Buning natijasida shirkatlarni fermer xо‘jaliklariga
aylantirish jarayoni amalda nihoyasiga yetdi. Xususiy fermer xо‘jaliklari о‘z
mohiyatiga kо‘ra qishloq xо‘jaligi ishlab chiqarishining asosiy shakliga,
sohani
barqaror va samarali rivojlantirishni ta’minlaydigan yetakchi kuchga aylandi.
2. Bugungi kunda fermer xо‘jaliklari tom ma’noda qishloq xо‘jaligi
ishlab
chiqarishining asosiy shakliga, uni barqaror va samarali rivojlantiradigan
harakatlantiruvchi kuchga, ta’bir joiz bо‘lsa, bu yо‘nalishning lokomotiviga aylandi.
Bu sohada bozor infratuzilmasi amalda qayta tuzildi, qishloq xо‘jaligi ishlab
chiqarishini tashkil etish va rag‘batlantirish sifat jihatidan yangi tamoyillar asosiga
qurildi.
3. Qishloqda bozor infratuzilmasi amalda yangidan barpo etildi, qishloq
xо‘jaligida ishlab chiqarishni tashkil etish va rag‘batlantirish, sohani boshqarish
prinsiplari va tizimi sifat jihatdan mutlaqo yangicha tamoyillar asosida yо‘lga
qо‘yildi.
4. Joylarda qishloq xо‘jaligi ishlab chiqaruvchilariga xizmat kо‘rsatadigan
bozor infratuzilmasi subyektlarining keng tarmog‘i yaratildi. Qishloq xо‘jaligi
xomashyosini kompleks qayta ishlashga ixtisoslashgan 200
dan ziyod agrofirma
faoliyat kо‘rsatmoqda.
5. Qishloq xо‘jaligi ekinlaridan, birinchi navbatda paxta va g‘alladan eng
yuqori hosil olingani, sohada ishlab chiqarish hajmi keskin kо‘paygani
dehqonchiligimizdagi tub sifat о‘zgarishlarining samarasidir.
6.Eng muhimi, qishloqda haqiqiy mulkdor – yer egasi paydo bо‘ldi, uning
mehnatga munosabati, о‘z ishining natijalaridan
manfaatdorligi butunlay
о‘zgarmoqda.
Dostları ilə paylaş: