«Fiziognomika haqida» (1778 yil), «8» raqamli nutq…», «Hikmatlar».
* * *
Shunisi juda achinarliki, odamlarning yovuzlikni kamaytirishga bo‘lgan intilishi juda ko‘p
yovuzliklarni keltirib chiqaradi.
* * *
Har kuni ko‘kka iltijo qilib shunday oliy baxt tilayman: faqat aqlli hamda olijanob odamlargina bilim
va qudratda mendan o‘zib ketsinlar.
* * *
Aftidan, hech kimning baxti to‘kis emasligini yetarlicha yaqqol tasavvur etishning o‘zi ham to‘kis
baxtga yetishmoqning yaqin yo‘lidir.
* * *
Insonning o‘z irodasiga qarshi yashashi ayanchli. Istakka qarshi ravishda barhayot qolish esa
undan ham dahshatliroqdir.
* * *
Hamdardlik ahamiyatsiz sadoqatdir.
* * *
Inson fe’l-atvorini to‘g‘riroq tushunish uchun boshqa vositalar bo‘lmaganda uni ranjitadigan
hazildan foydalanish mumkin.
* * *
Ko‘pchilik xatolardan qochishni emas, ulardan afsuslanishni ezgulik deb hisoblaydi.
* * *
O’ziga bino qo‘ygan odamning ustunligi shundaki, uning raqiblari oz bo‘ladi.
* * *
Qullarcha xatti-harakat faqat qullarning o‘zigagina xos emas.
* * *
Inson haqida o‘ta murakkab tasavvurda bo‘lma, balki oddiygina mulohaza yurit. Uni o‘ta yaxshi
yoki o‘ta yomon deb hisoblama.
Haqiqat manzaralari 96 mumtoz faylasuf
www.ziyouz.com
кутубхонаси
203
* * *
Birovni qoralashdan oldin doimo uni oqlash imkoni bor-yo‘qligini o‘ylash kerak.
* * *
Albatta, men: «Hamma narsa o‘zgacha bo‘lsa yaxshiroq bo‘ladi», — deya olmayman. Ammo shuni
tasdiqlaymanki, hamma narsa yaxshiroq bo‘lishi uchun hammasi o‘zgacha bo‘lmog‘i joiz.
* * *
Ahmoqni donoga aylantirish qo‘rg‘oshinni oltinga aylantirish singari mushkul ishdir.
* * *
«Olim» so‘zi zamirida ba’zan faqat bir narsa – ko‘p narsaga o‘rgatilgan, ammo o‘zi hech narsa
uqmagan odam to‘g‘risidagi tushuncha yotadi.
* * *
Hamma narsadan kamida bir marta shubhalan. Hatto «ikki karra ikki – to‘rt» degan oddiy haqiqat
ham bundan xoli bo‘lmasligi mumkin.
* * *
Baxtsizligimizning umumiy manbai shundaki, biz narsalarni qanday qabul qilsak, ular haqiqatan
ham shundayligiga ishonamiz.
* * *
Biz shunday olamda yashaymizki, bitta ahmoq ko‘plab ahmoqlarni, bitta donishmand esa juda oz
donolarni yaratadi.
* * *
Shubha hushyorlikka teng bo‘lmog‘i joiz. Aks holda u xatarli tus oladi.
* * *
Odamlar ko‘pincha din yo‘lida urush boshlashlari, ammo diniy qoidalarga kamdan-kam hollarda
amal qilishlari hayratlanarli emasmi?
* * *
O’zimizga ma’lum zaifliklarimiz bizga zarar yetkazmaydi.
* * *
Odamlardan o‘z istagimiz darajasida emas, balki ularning imkoniyatlari darajasida yordam
so‘rashimiz joiz.
* * *
Donolikka ilk qadam – hamma narsaga hujum qilishdan, so‘nggi qadam esa – hamma narsani
boshdan kechirishdan iborat.
* * *
Yangi narsani ko‘rish uchun qandaydir yangi narsa yaratish zarur.
* * *
Nima bo‘lganda ham, baribir, qabr taqdir zarbalariga qarshi eng a’lo qal’adir.
Haqiqat manzaralari 96 mumtoz faylasuf
Dostları ilə paylaş: |