54
B) Virgil davri. Bu davr o’simlikning nihollik, yosh o’simlik va voyaga etgan
holatidir. Nihollar yosh o’simliklardan urug’palla barglarining bo’lishi
bilan
farqlanadi.
V) Generativ davr. O’simlik hayotida sporalar yoki urug’lar bilan
ko’payishning boshlanishi bilan tavsiflanadi.
G) Senil (qarilik) davri. O’simlikning yoshi ortishi bilan generativ ko’payish
xususiyati yo’qoladi, ana shunga senil davri boshlanadi.
Populyatsiyaning yosh tuzilmasi o’simlik va hayvonlarda ham bir necha
omillarga bog’liq. Birinchi navbatda balog’atga, voyaga etish vaqti, umr ko’rish
muddati, ko’payish
davri muddati, avlodlar davomiyligi, ota-onasidan bir vaqtda
tug’iladigan individlarning
bunyodga kelish muddati, har xil jins va yoshdagi
individlarning nobud bo’lish xarakteri, populyatsiyaning son jihatdan o’zgarib
turish dinamikasi kabilarga bog’liq.
Populyatsiyaning fazoviy tuzilmasi populyatsiya
maydonidagi ayrim
individlar va guruhchalarning tarqalish harakterini ifodalaydi.
Individlarning uch turdagi tarqalishi ma’lum: bir tekis, tasodifiy va guruhli
(to’da-to’da). Individlar bir tekis tarqalganda xuddi mevali daraxtlar bog’da
o’tkazilganidek, bir-biriga nisbatan bir xil masofada joylashadi.
Tasodifiy tarqalishda individlar bir-biridan har xil masofada joylashadi.
Bunday joylashish populyatsiyaning zichligi kam bo’lgan
bir xil muhitda
uchratiladi.
Tabiatda guruhli tarqalish turi ko’p uchraydi. Bunda individlar to’da hosil
qilib bir-biridan turlicha masofada joylashadi.
Populatsiya
Soni
Genetik
birlik
O’sish
Nobud
no’lish
Tug’ilish
Bir
tur
Individlar
Populatsiya arial
Yashovchan-
lik