2. Ma’buda Artemida ibodatxonasi haqida ma’lumot bering Ma’buda Artemida ibodatxonasi. Ma’buda Artemida sharafiga Efes
shahrida (bu shahar hozir Turkiya hududida joylashgan) ko‘rganlarni lol
qoldiradigan ibodatxona qurilgan. Afsonalarga ko‘ra, Artemida Zevsning qizi
bo‘lgan. U hosildorlik, ov, Oy ma’budasi edi. Ayni paytda hayvonlar homiysi,
shuningdek, ayollar madadkori ham bo‘lgan. Artemida ibodatxonasinmg tomini
qoyatoshlardan ishlangan 18 metrli ustunlar suyab turgan. Ibodatxona ichida yunon
rassom- larining ajoyib asarlari joylash- tirilgan. Bu mo‘jizaviy ibodatxona 100 yil
saqlanib turgan.
3. Abu Ali ibn Sino hayoti va faoliyati. Abu Ali ibn Sino olim, faylasuf. 980-yilning 18-iyunida Buxoro yaqinidagi Afshona
qishlog‘ida tug‘ilgan va 1037-yilning 16-avgustida Hamadonda vafot etgan. G‘arbda
Avitsenna (ingl. Avicenna) ismi bilan mashhur.
Ibn Sinoning tib ilmida yuksak mahoratga erishishida buxorolik boshqa bir
tabib Abu Mansur alhasan ibn Nuh al-Qumriyning xizmati katta bo‘ldi. Ibn Sino
undan tabobat ilmini olib, bu ilmning ko‘p sirlarini o‘rgangan. Qumriy bu davrda
ancha keksayib qolgan bo‘lib, 999 yilda vafot etdi.
Ibn Sino 17 yoshdayoq, Buxoro xalqi orasida mohir tabib sifatida tanildi.
O‘sha kezlarda hukmdor Nuh ibn Mansur betob bo‘lib, saroy tabiblari uni
davolashdan ojiz edilar. Dovrug‘i butun shaharga yoyilgan yosh tabibni amirni
davolash uchun saroyga taklif qiladilar. Uning muolajasidan bemor tezda sog‘ayib,
oyoqqa turadi. Evaziga Ibn Sino saroy kutubxonasidan foydalanish imkoniyatiga ega
bo‘1adi. Somoniylarning kutubxonasi o‘sha davrda butun O‘rta va Yaqin Sharqdagi
eng katta va boy kutubxonalardan sanalardi. Ibn Sino bir necha yil davomida shu
kutubxonada kechayu kunduz mutolaa bilan mashg‘ul bo‘lib, o‘z davrining eng
o‘qimishli, bilim doirasi keng kishilaridan biriga aylandi va shu paytdan boshlab
o‘rta asr falsafasini musta-qil o‘rganishga kirishdi.