etish bahonasi bilan oqlashga urindi. Davlat arboblari bundan keyin jahon urushi
bo‘lishiga yo‘l qo‘ymaslik maqsadida yer yuzida mustahkam tinchlik o‘rnatishda
xizmat qiluvchi xalqaro tashkilot tuzishga ahd qildilar. Bunday xalqaro tashkilot
tuzildi. U Birlashgan Millatlar Tashkiloti (BMT) deb ataldi. Birlashgan Millatlar
Tashkiloti 1945-yilning 24-oktabrida tuzildi. Birlashgan Millatlar Tashkilotining
asosiy maqsadlari quyidagilar ekanligi belgilab qo‘yildi:
– butun dunyoda tinchlikni ta’minlash;
– dunyo xalqlari o‘rtasida do‘stlik munosabatlarini rivojlantirish;
– dunyoda ocharchilik, kasallik va savodsizlikni tugatish borasida birgalikda
harakat qilish;
– ekologiya halokatining oldini olish;
– inson huquqlari va erkinliklariga hurmat bilan qarashni rag‘batlantirish.
Dunyoning qaysi bir burchagida bo‘lmasin, umumiy tinchlikni xavf ostiga
qo‘yadigan vaziyat yuzaga kelsa, BMT uni muhokama qiladi va tinchlikni saqlab
qolish uchun zarur choralarni ko‘radi. Hozirgi kunda dunyoning 200 ga yaqin davlati
BMT a’zosidir. Mana, Ikkinchi jahon urushidan keyin o‘tgan yillar davomida BMT
Yer yuzida mustahkam tinchlik ishi uchun kurashib kelmoqda.
Dostları ilə paylaş: